A memorandum of cooperation was signed on the implementation of research projects between Nukus branch of Tashkent University of Information Technologies and Kimyo International University in Tashkent

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi


Oliy taʼlim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalardan biri — mehnat bozoriga raqobatbardosh, kasbiy bilim va malakaga ega kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Xususan, tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish, tajriba almashish orqali ushbu masalalarga yechim berishi mumkin. Ushbu imzolangan memorandumning asosiy maqsadlari – samarali munosabatlarni oʻrnatish orqali qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, konferensiyalar, seminarlar, akademik mashgʻulotlar, amaliyotlar oʻtkazish, talabalarning oʻquv jarayonining samaradorligi va amaliy xususiyatini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, bitiruvchilarining keyingi malaka oshirishi va ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish.