Toshkent Kimyo xalqaro universitetida magistrantlar uchun ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida magistrantlar uchun ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “IMRAD talabi asosida maqola yozish, magistrlik dissertatsiyasi va bitiruv oldi amaliyoti bo‘yicha hisobot” mavzusida tashkil etilib, unda universitet magistrantlari faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Magistratura bo‘limi boshlig‘i Sanjar Xakimov tomonidan dissertatsiya himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar, xususan milliy va xalqaro ilmiy jurnallarda IMRAD talablari asosida maqola yozish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, rasmiy himoyaga tayyorgarlik jarayoni, dissertatsiyani to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda himoya qilish bosqichlari batafsil tushuntirildi.
Bundan tashqari, bitiruv oldi amaliyoti bo‘yicha hisobot tayyorlash, uni rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari ham muhokama qilinib, magistrantlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Ushbu uchrashuv magistrantlarning ilmiy faoliyatini yanada samarali tashkil etish, dissertatsiya jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatolarning oldini olish hamda himoyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etdi.