35 students who entered Kimyo International University in Tashkent in the 2022/23 academic year with high scores were awarded state scholarships

Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga 2022/23 oʻquv yilida yuqori bal bilan kirgan 35 nafar talabaga davlat tomonidan grant ajratildi


2021/22 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilingan edi. Hujjatga muvofiq, vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashda davlat grantini nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ham berish belgilab berilgan edi. Aynan Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (avvalgi Toshkent shahridagi Yeoju instituti) ajratilgan grant oʻrinlar soni 35 ta boʻlib, shulardan “Arxitektura va shaharsozlik” (5 ta), “Liboslar dizayni” (5 ta), “Qurilish” (5 ta), “Muqobil energiya” (5 ta), “Axborot tizimlari muhandisligi” (5 ta), “Mexatronika va Mashinasozlik texnologiyasi” (5 ta) hisoblanadi. 
Ajratilgan grantni 4 yil davomida saqlab qolish uchun talabgordan yuqori koʻrsatkichlarda oʻqish va kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti maʼmuriyati nomidan grant sohibi boʻlgan talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz va yuklatilgan vazifaga masʼuliyat bilan yondashishlariga ishonch bildiramiz.