Xitoylik mehmon professor Xu Ming sifat menejmenti, xizmatlarni boshqarish, innovatsiyalar va tadbirkorlik hamda marketingga oid mavzularda talabalarga leksiya oʻtib berdi
Universitetning “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan leksiya interaktiv tarzda, sohaga oid qiziq savol va javoblar shaklida olib borildi.
Professor Xu Ming haqida qisqacha: Professor Dongxua universitetida doktorantura boʻlimining ilmiy rahbari va Dongxua universiteti qoshidagi Xuri boshqaruv tadqiqot instituti direktori. Uning ilmiy qiziqishlari sifat menejmenti, xizmatlarni boshqarish, innovatsiyalar va tadbirkorlik va marketingni oʻz ichiga oladi. Oxirgi oʻquv va tadqiqot ishlariga “Turizmni rivojlantirish menejmenti”, “Sanoat zonalarini rivojlantirish boshqaruvi”, “Korxonani kompleks boshqarish tizimini qurish”, “Markaziy va Sharqiy Yevropada elektron tijorat bozorini kengaytirish boʻyicha tadqiqotlar” va boshqalar kiradi. Asosiy tadqiqot yutuqlari orasida kognitiv nazariya va servis sohasida xizmat koʻrsatish sifatini baholash, dizayni texnologiyasi, Yevropa toʻqimachilik va kiyim-kechak bozorida marketing kanallari boʻyicha tadqiqotlar boʻlgan.