• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

Bank ishi


Yoʼnalish tavsifi:

Bank ishi – oʻz mijozlariga omonatlar qabul qilish, kreditlar berish va boshqa turli moliyaviy munosabatlar bo‘icha xizmatlar koʻrsatuvchi moliya institutlarining faoliyati. Banklar pul oqimini osonlashtirish hamda odamlarga pullarini saqlash va boshqarish uchun xavfsiz joyni ta’minlash orqali iqtisodiyotda hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Banklarning bir qancha turlari, jumladan, tijorat banklari, omonat-ssuda uyushmalari, kredit uyushmalari, investitsiya banklari mavjud. Tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga keng koʻlamli xizmatlarni – chek va jamgʻarma hisob varaqlari, kreditlar va boshqa moliyaviy mahsulotlarni taklif etadi. Investitsiya banklari kompaniyalar va hukumatga qimmatli qogʻozlar boʻyicha anderrayting hamda qoʻshilish va sotib olish boʻyicha maslahatlar berish kabi xizmatlar koʻrsatadi.
 

Yoʼnalish maqsadi
Dasturning asosiy maqsadi - bank sohasi boʼyicha nazariy bilimlarni shakllantirish va vujudga keladigan muammolarni hal qilishda amaliy koʼnikmalarni egallashdan iborat, shuningdek kredit tashkilotlarining mohiyati, Markaziy bank va tijorat banklarining mamlakat iqtisodiyotidagi oʼrni toʼgʼrisida, zamonaviy sharoitda tijorat banklari tomonidan mablagʼlarni jalb qilish va joylashtirishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida, bank operatsiyalarini oʼtkazish jarayoni toʼgʼrisida, bank foydasini shakllantirish va undan foydalanishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida, bank likvidligini boshqarish asoslari toʼgʼrisida, bank tavakkalchiliklarini mohiyati va darajalari toʼgʼrisida bilimlarni egallashdir.

Shu bilan bir qatorda, quyidagilar ham yoʼnalish maqsadi hisobladi:

  • talabalarni bank ishining nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari bilan tanishtirish;
  • yuqori malakali iqtisodchilarni tayyorlash, talabalarning davlatning amaldagi moliyaviy siyosatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarini rivojlantirish;
  • iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy muammolarni optimal yechimini topish maqsadida talabalarning tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
  • talabalarning hozirgi faoliyatida olgan bilimlarini amalda qoʼllash koʼnikmalarini rivojlantirish;
  • uzluksiz taʼlim va shaxsiy rivojlanish ehtiyojini rivojlantirish.

Taʼlim
Ushbu fanni oʼzlashtirish uchun quyidagi fanlarni oʼrganish davomida olingan bilim, koʼnikma va malakalar talab qilinadi: “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Pul, kredit va banklar”. Shuningdek, fanni oʼrganish davomida olingan bilim, koʼnikma va malakalar quyidagi fanlarni oʼzlashtirish uchun zarur: “Moliya”, “Xalqaro biznes”, “Menejment”.

Taʼlimdagi fanlar ulushi:
Matematika asoslari - 18%
Moliya - 52%
Iqtisodiy fanlar - 20%
Til va umumtaʼlim fanlari - 5%
Stajirovka (amaliyot) va malakaviy (bakalavr) ishi - 5%

Ishga joylashish imkoniyatlari:
Kursni yakunlash bitiruvchilarga ham davlat, ham xususiy sektor moliya institutlarida, xususan moliyaviy menejerlar, moliya mutasaddilari va kredit tashkilotlarining moliyaviy tahlilchilari sifatida muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatni davom ettirish imkonini beradi.
Moliya boʼyicha bakalavr darajasiga ega boʼlgan ushbu mutaxassislar koʼplab sohalarda, jumladan davlat tashkilotlari va xususiy tashkilotlarda doimo talabga ega. Bank sohasidagi zarur bilim va koʼnikmalar bank faoliyatini tashkil qilishda, banklarning aktiv va passiv operatsiyalari bilan bogʼliq qarorlarni qabul qilishda, shuningdek moliyaviy barqarorlikni, bankning likvidligi va rentabelligini optimal darajasini taʼminlashda hamda bank risklari darajasini pasaytirishda qoʼshimcha imkoniyatlar beradi.

Ishga joylashish sohalari:

  • Markaziy bank, Markaziy bankning mintaqaviy boʼlinmalari;
  • Davlat banklari, qoʼshma xorijiy kapital ishtirokidagi banklar, xususiy banklar, kapital ulushida davlat ishtirokidagi banklar;
  • Investitsion banklar, investitsion kompaniyalari, investitsion vositachilar;
  • Tijorat banklari, investitsiya banklari, ipoteka banklari;
  • Kredit uyushmalari, sugʼurta kompaniyalari, pensiya fondlari, lizing kompaniyalari;
  • Ilmiy tadqiqot tashkilotlari, turli jamoat tashkilotlari va fondlari.

Click to link to download - include a link to the PDF!

“Bank ishi”  yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlaridan test shaklida o‘tkaziladi. 
IELTS sertifikati kamida 5,5 ballga ega bo‘lgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonini topshirishdan ozod qilinadi va bu fan bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
Shuningdek, “Bank ishi” yo‘nalishi talabalari universitetga o‘qishga kirgandan so‘ng ta'lim tilini (ingliz, rus yoki o‘zbek) tanlashi mumkin bo‘ladi.
 

Click to link to download - include a link to the PDF!

Vosiqov Abduvahob Ravshan o’g’li
Vosiqov Abduvahob Ravshan o’g’li

"Moliya", "Bank ishi", "Buxgalteriya" yo'nalishlari rahbari

+998 78 129 40 40 (122)
Xoshimov Jamoliddin Kamoliddin o’g’li
Xoshimov Jamoliddin Kamoliddin o’g’li

Moliya, Bank ishi, Buxgalteriya

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставелли, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram