• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

Davolash ishi


Ta’lim yo‘nalishi: 60910200 – Davolash ishi
Ta’lim muddati: 6 yil
Kvalifikatsiya: Umumiy amaliyot shifokori (oilaviy shifokor)

Davolash ishi yo‘nalishi tibbiyot ta’limi tizimidagi eng asosiy va keng qamrovli bakalavriat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu dastur yuqori malakali umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, talabalar 2021-yildan boshlab qabul qilinmoqda.

Qabul jarayonida abituriyentlar kimyo va biologiya fanlaridan kirish imtihonlarini topshiradilar. Shuningdek, ushbu fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga tavsiya etilishi mumkin.

Yo‘nalishning maqsad va vazifalari

Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsata oladigan, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashdir.

Asosiy vazifalar:

  • fundamental, klinika oldi va klinik fanlar bo‘yicha chuqur bilim berish;
  • kasalliklarni aniqlash, davolash va shoshilinch yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasalliklarning oldini olish;
  • bemorlarni reabilitatsiya qilish va tibbiy nazoratni tashkil etish;
  • ilmiy izlanishlar va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish;
  • tor mutaxassisliklar bo‘yicha keyingi ta’lim uchun mustahkam poydevor yaratish.

O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot

1–2-kurslar (nazariy bosqich):
Talabalar inson organizmining tuzilishi va funksiyalarini o‘rganadi.
Asosiy fanlar: anatomiya, gistologiya, tibbiy biologiya, kimyo, biofizika, lotin tili.

3-kurs (klinika oldi bosqichi):
Kasallik mexanizmlari va dori vositalari ta’siri o‘rganiladi.
Fanlar: patologik anatomiya, fiziologiya, farmakologiya, mikrobiologiya.

4–5-kurslar (klinik bosqich):
Talabalar kasalxonalarda bevosita amaliyot o‘taydi.
Fanlar: terapiya, jarrohlik, pediatriya, nevrologiya va boshqalar.

6-kurs (subordinatura):
Mustaqil ishlashga tayyorgarlik va diplom oldi amaliyoti.

Xalqaro hamkorlik va ta’lim dasturlari

Xalqaro hamkorlik ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirish imkonini beradi.

Hamkor universitetlar:

  • Necmettin Erbakan University
  • Istanbul Aydin University
  • Soonchunhyang University
  • Salymbekov University

Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun exchange dasturlari, xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari mavjud.

Natija va karyera imkoniyatlari

Dastur bitiruvchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  • umumiy amaliyot shifokori sifatida ishlash;
  • kasalliklarni diagnostika qilish va davolash;
  • shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Keyingi bosqichda:

  • magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirish;
  • ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjud.

Faoliyat sohalari va diplom

Diplom: Bakalavr
Mutaxassislik: Umumiy amaliyot shifokori

Bitiruvchilar quyidagi muassasalarda faoliyat yuritadi:

  • oilaviy poliklinikalar;
  • tez tibbiy yordam xizmatlari;
  • sanitariya-epidemiologiya tizimi;
  • xususiy klinikalar;
  • sog‘liqni saqlash boshqaruv tizimi.

 

 

Yo‘nalish yutuqlari

Talabalar respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda faol ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishgan:

  • 12 ta 1-o‘rin
  • 26 ta 2-o‘rin
  • 38 ta 3-o‘rin

Shuningdek, 50 dan ortiq talabalar grant va nomdor stipendiyalar sohibi bo‘lgan.

Loyihalar va tanlovlar

2026-yil aprel oyidan boshlab yo‘nalish talabalari uchun xalqaro darajadagi USMLE imtihonlariga tayyorgarlik kurslari yo‘lga qo‘yildi va o‘quv jarayonlari boshlangan.

Shu bilan birga, talabalar professor-o‘qituvchilar rahbarligida turli ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirmoqda. Ushbu jarayon ularning kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va kelgusida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun mustahkam asos yaratadi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Kirish talablari

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajargan holda o’qishni boshlashingiz mumkin bo’ladi.
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
Qabul uchun zarur hujjatlar:

  1. Pasport nusxasi (rangli)
  2. Litsey/kollej/litseydan diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli)
  3. Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm
  4. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat JPEG yoki PNG formatida hajmi 2 MB dan, oshmasligi kerak).

Chet tilini bilish sertifikati IELTS/TOEFL faqat ingliz tili guruhida tahsil olishingiz uchun kerak bo’ladi.

Kirish imtihon fanlari - Biologiya, ximiya va ona tili va adabiyoti.

Аxmedov Jobir Moxirjonovich
Аxmedov Jobir Moxirjonovich

“Davolash ishi" va "Stomatologiya" yoʼnalishlari rahbari

+998 78 129 40 40 (169)
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram