• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

Maktabgacha ta’lim


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ta’lim va tarbiya bera oladigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Yo‘nalishga ilk talabalar 2019-yildan boshlab qabul qilingan.

Dastur bolalarning intellektual, jismoniy, ijtimoiy va ijodiy rivojlanishini xalqaro standartlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarda pedagogik mahorat, kreativ fikrlash va bolalar psixologiyasi bo‘yicha zarur kompetensiyalarni shakllantiradi.
Abituriyentlardan 11 yillik umumiy o‘rta ta’limni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etiladi. Qabul suhbat asosida amalga oshiriladi va bunda abituriyentlarning bilim darajasi hamda kasbiy qiziqishlari baholanadi.

Yo‘nalishning maqsadi va vazifalari
Dastur quyidagi asosiy maqsadlarni qamrab oladi:

  •  maktabgacha yoshdagi bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya bera oladigan zamonaviy pedagoglarni tayyorlash
  •  xalqaro standartlarga mos metodikalar asosida bolalarning aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash
  •  talabalarni kreativ fikrlash, ijodkorlik va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlashga tayyorlash
  •  ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat uchun zarur kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish
  •  mantiqiy o‘yinlar, viktorinalar, sport va rivojlantiruvchi metodikalarni amaliyotga tatbiq etishni o‘rgatish

O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
O‘quv dasturi bosqichma-bosqich nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish asosida tashkil etilgan.
Birinchi kurs
Talabalar maktabgacha ta’lim metodikasiga kirish, umumiy pedagogika, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganadilar. Universitetda 5 ta xorijiy tilni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu talabalarning xalqaro kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ikkinchi kurs
Talabalar mutaxassislik fanlarini chuqurroq o‘rganishni boshlaydilar. Jumladan:

  •  Bolalar jismoniy tarbiyasi
  •  Rivojlanish psixologiyasi
  •  Maktabgacha pedagogika
  •  Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi
  •  Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
  •  Maktabgacha ta’limda axborot texnologiyalari
  •  Maktabgacha ta’limda chet tillarini o‘qitish metodikasi

kabi fanlar o‘qitiladi.
Uchinchi kurs
Asosiy e’tibor zamonaviy o‘qitish metodlari, tadqiqot usullari, kasbiy pedagogika va tarbiyachilik mahoratini rivojlantirishga qaratiladi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar va professional amaliyot orqali real ta’lim muhitida tajriba orttiradilar.
Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari
Yo‘nalish xalqaro akademik hamkorlik va talabalar mobilligini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Universitetning Janubiy Koreyaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlari mavjud.
Hamkor universitetlar:

  •  Hanyang University
  •  Hankyong National University
  • Busan University of Foreign Studies
  •  Jeonju University
  •  Chosun University
  •  Gachon University
  •  Daegu University

Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun:

  •  2+2 dasturlari
  •  exchange dasturlari
  •  xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari

mavjud bo‘lib, bu dasturlar talabalarning dunyoqarashi, til bilimi va xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunga qadar Koreya Respublikasida tahsil olib qaytgan bitiruvchilar soni 43 nafardan oshgan.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:

  •  davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari
  •  bolalar rivojlantirish markazlari
  •  ta’lim loyihalari va dasturlari
  •  pedagogik va metodik markazlar

Bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega:

  •  maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
  •  ilk yoshdagi bolalar pedagogi
  •  metodist
  •  ta’lim dasturlari koordinatori
  •  bolalar markazi direktori
  •  maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari

Mutaxassislik nomi:
60110200 — Maktabgacha ta’lim
Kvalifikatsiya:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogi va uslubchisi
Yo‘nalishning yutuqlari
Yo‘nalish doirasida maktabgacha ta’lim tizimi bilan amaliy hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan:

  •  Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi bilan strategik hamkorlik
  •  maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.

Dastur nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda talabalarni zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimi uchun raqobatbardosh va kreativ pedagog sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
 

Click to link to download - include a link to the PDF!

Hujjat topshirish uchun talablar
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajarish orqali oʻzingiz xohlagan taʼlim dasturini boshlashingiz mumkin: 
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak.

Qabul qilish uchun zarur hujjatlar:

  1. Pasport nusxasi (rangli).
  2. Litsey/kollej/litsey diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli).
  3. Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm.
  4. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat hajmi 2 MB, JPEG yoki PNG formatidan oshmasligi kerak).

Rasmiy IELTS/TOEFL chet tilini bilish sertifikati, agar mavjud boʻlsa, qabul qilinadi va ingliz tili guruhida oʻqish uchun talab qilinadi.

Kirish imtihonlari fanlari suhbat asosida.
 

Click to link to download - include a link to the PDF!

Abror Maxammadiev
Abror Maxammadiev

“Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika” va “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari rahbari

+998 78 129 40 40 (110)
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna

“Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika” va “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari rahbarining o‘rinbosari

+998 78 129 40 40 (110)
Xamrayev Jamshid
Xamrayev Jamshid

“Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika” va “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari rahbarining o‘rinbosari

Boboxonov Shohruh Usmonxon og`li
Boboxonov Shohruh Usmonxon og`li

“Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika” va “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari rahbarining o‘rinbosari

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram