Boshlang‘ich ta’lim
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida sifatli ta’lim bera oladigan, kreativ fikrlovchi va professional pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Yo‘nalishga ilk talabalar 2019-yildan boshlab qabul qilingan.
Dastur bolalarning intellektual, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini xalqaro standartlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarda pedagogik mahorat, innovatsion fikrlash, liderlik va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish kompetensiyalarini shakllantiradi.
Abituriyentlardan 11 yillik umumiy o‘rta ta’limni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etiladi. Qabul suhbat asosida amalga oshiriladi va bunda abituriyentlarning bilim darajasi, muloqot ko‘nikmalari hamda pedagogik sohaga qiziqishi baholanadi.
Yo‘nalishning maqsadi va vazifalari
Dastur quyidagi asosiy maqsadlarni qamrab oladi:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zamonaviy va sifatli ta’lim bera oladigan malakali pedagoglarni tayyorlash
- xalqaro standartlarga mos metodikalar asosida bolalarning aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash
- talabalarni kreativ fikrlash, innovatsion yondashuv va pedagogik liderlik asosida ishlashga tayyorlash
- ilmiy-tadqiqot va amaliy pedagogik faoliyat uchun zarur kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish
- EGMA, EGRA, STEAM, TIMSS, TALIS va PISA kabi xalqaro ta’lim dasturlarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish
- zamonaviy mantiqiy o‘yinlar, viktorinalar va interaktiv metodikalar orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etishni o‘rgatish
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
O‘quv dasturi nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikni uyg‘unlashtirgan holda bosqichma-bosqich tashkil etilgan.
Birinchi kurs
Talabalar boshlang‘ich ta’lim metodikasiga kirish, umumiy pedagogika, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganadilar. Universitetda 5 ta xorijiy tilni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu talabalarning xalqaro kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ikkinchi kurs
Ikkinchi kursda talabalar mutaxassislik fanlarini chuqurroq o‘zlashtiradilar. Jumladan:
- Bolalar jismoniy tarbiyasi
- Rivojlanish psixologiyasi
- Boshlang‘ich pedagogika
- Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi
- Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
- Boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalari
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish metodikasi
kabi fanlar o‘qitiladi.
Uchinchi kurs
Asosiy e’tibor zamonaviy o‘qitish metodlari, tadqiqot usullari, kasbiy pedagogika va o‘qituvchilik mahoratini rivojlantirishga qaratiladi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar va professional amaliyot orqali real ta’lim muhitida tajriba orttiradilar.
Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari
Yo‘nalish xalqaro akademik hamkorlik va talabalar mobilligini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Universitet Janubiy Koreyaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.
Hamkor universitetlar:
- Hanyang University
- Hankyong National University
- Busan University of Foreign Studies
- Jeonju University
- Chosun University
- Gachon University
- Daegu University
- Sungshin Women’s University
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun:
- 2+2 dasturlari
- exchange dasturlari
- xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari
mavjud bo‘lib, bu dasturlar talabalarning xalqaro tajribasini oshirish, til ko‘nikmalarini rivojlantirish va global mehnat bozorida raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunga qadar Koreya Respublikasida tahsil olib qaytgan bitiruvchilar soni 43 nafardan oshgan.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari
- xalqaro va xususiy maktablar
- ta’lim markazlari
- metodik va pedagogik markazlar
- ta’lim loyihalari va dasturlari
Bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega:
- boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
- metodist
- ta’lim dasturlari koordinatori
- ta’lim bo‘yicha maslahatchi
- ta’lim tadqiqotchisi
- ta’lim bo‘yicha trener va mentor
- umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ish yurituvchi
Mutaxassislik nomi:
60110500 — Boshlang‘ich ta’lim
Kvalifikatsiya:
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Yo‘nalishning yutuqlari
Yo‘nalish doirasida xalqaro va nodavlat ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar “Vosiq International School” va “Leader School” kabi zamonaviy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash va ish faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Yo‘nalishning akademik natijalari orasida:
- 40 nafardan ortiq qizil diplom sohiblari
- 2+2 va talabalar almashinuvi dasturlari orqali xorijda tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan talabalar
- mavjud bo‘lib, bu dastur talabalarning yuqori akademik salohiyati va xalqaro imkoniyatlarga ochiqligini namoyon etadi.
Dastur nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda zamonaviy ta’lim tizimi uchun raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi va professional pedagoglarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Hujjat topshirish uchun talablar
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajarish orqali oʻzingiz xohlagan taʼlim dasturini boshlashingiz mumkin:
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak.
Qabul qilish uchun zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasi (rangli).
- Litsey/kollej/litsey diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli).
- Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm.
- Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat hajmi 2 MB, JPEG yoki PNG formatidan oshmasligi kerak).
Rasmiy IELTS/TOEFL chet tilini bilish sertifikati, agar mavjud boʻlsa, qabul qilinadi va ingliz tili guruhida oʻqish uchun talab qilinadi.
Kirish imtihonlari fanlari suhbat asosida.