Maxsus pedagogika
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Maxsus pedagogika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan, zamonaviy pedagogik va korreksion metodikalarni mukammal egallagan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Yo‘nalishga ilk talabalar 2022-yildan boshlab qabul qilingan.
Mazkur dastur surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya kabi maxsus pedagogikaning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi hamda talabalarni inklyuziv ta’lim tizimida samarali faoliyat yurita oladigan professional kadr sifatida shakllantiradi.
Ta’lim jarayonida talabalar eshitishida, ko‘rishida, nutqida va intellektual rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash, ularning kommunikativ, psixologik va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, reabilitatsiya jarayonlarini tashkil etish hamda individual pedagogik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha chuqur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘ladilar.
Dastur zamonaviy inklyuziv ta’lim tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, talabalarda insonparvarlik, pedagogik mas’uliyat, professional etika va ijtimoiy himoya sohasidagi kompetensiyalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Qabul suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbat davomida abituriyentlarning bilim darajasi, kommunikativ ko‘nikmalari, pedagogik salohiyati va sohaga bo‘lgan qiziqishi baholanadi.
Yo‘nalishning maqsadi va vazifalari
Dastur quyidagi asosiy maqsadlarni qamrab oladi:
- maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy pedagog-mutaxassislarni tayyorlash
- surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish
- inklyuziv ta’lim tizimida ishlash uchun zarur professional kompetensiyalarni rivojlantirish
- maxsus ehtiyojli bolalarning jamiyatga moslashuvi va ijtimoiy integratsiyasiga ko‘maklashuvchi pedagogik yondashuvlarni o‘rgatish
- diagnostika, korreksiya, reabilitatsiya va rivojlantiruvchi metodikalarni amaliyotga tatbiq etish
- ilmiy-tadqiqot, metodik va amaliy faoliyat bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish
- xorijiy tajriba va xalqaro metodikalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
O‘quv dasturi bosqichma-bosqich nazariy tayyorgarlik va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish asosida tashkil etilgan.
Birinchi kurs
Talabalar maxsus pedagogikaga kirish, maxsus pedagogikaning klinik asoslari, tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi va sohaga oid fundamental fanlarni o‘rganadilar. Ushbu bosqichda talabalar maxsus pedagogikaning asosiy tushunchalari va inklyuziv ta’lim tizimi bilan tanishadilar.
Ikkinchi kurs
Talabalar maxsus pedagogikaning amaliy va diagnostik yo‘nalishlarini chuqur o‘zlashtiradilar. Jumladan:
- maxsus pedagogika psixologiyasi
- tiflotexnika va tiflobrayl
- inklyuziv ta’lim
- logopediya
- daktillologiya
- psixologik-pedagogik diagnostika
fanlari o‘qitiladi.
Uchinchi kurs
Asosiy e’tibor korreksion pedagogika va maxsus metodikalarga qaratiladi. Talabalar:
- ona tilini o‘qitish metodikasi
- matematika o‘qitish metodikasi
- maktabgacha maxsus pedagogika
- mujassam nuqsonli bolalarni o‘qitish metodikasi
- koxlear implantli bolalarni reabilitatsiya qilish
- eshituv idrokini rivojlantirish metodikasi
- autizm sindromli bolalarni tarbiyalash
fanlarini o‘rganadilar hamda maxsus maktablar va maxsus MTTlarda amaliyot o‘taydilar.
To‘rtinchi kurs
Yakuniy bosqichda talabalar:
- logoritmika
- logopedik ishni tashkil etish
- surdotarjimonlik
- ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish
fanlari bo‘yicha professional tayyorgarlikdan o‘tadilar. Shuningdek, 8-semestr davomida professional amaliyot tashkil etiladi.
Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari
Yo‘nalish doirasida inklyuziv ta’lim va maxsus pedagogika sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy metodikalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun:
- akademik almashinuv dasturlari
- xalqaro seminar va treninglar
- xorijiy tajriba almashish loyihalari
- inklyuziv ta’lim bo‘yicha amaliy dasturlar
imkoniyatlari bosqichma-bosqich kengaytirib borilmoqda.
Dastur maxsus pedagogika sohasida xalqaro standartlarga mos pedagogik tajriba va metodikalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarni global ta’lim muhitida faoliyat yurita oladigan mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
“Maxsus pedagogika” yo‘nalishi bitiruvchilari ta’lim, sog‘liqni saqlash, reabilitatsiya va ijtimoiy himoya tizimining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Bitiruvchilar quyidagi tashkilotlarda ishlash imkoniyatiga ega:
- maxsus maktablar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
- inklyuziv maktab va bog‘chalardagi resurs markazlari
- reabilitatsiya va korreksion markazlar
- defektologiya markazlari
- logopedik kabinetlar
- poliklinika va tibbiy-korreksion markazlar
- nodavlat tashkilotlar va xalqaro loyihalar
Shuningdek, ular:
- maxsus pedagog
- logoped
- defektolog
- surdopedagog
- tiflopedagog
- metodist
- ilmiy tadqiqotchi
- inklyuziv ta’lim bo‘yicha ekspert
- art-terapiya va ijtimoiy moslashuv mutaxassisi
sifatida faoliyat olib borishlari mumkin.
Mutaxassislik nomi:
60110300 — Maxsus pedagogika
Kvalifikatsiya:
Maxsus pedagog
Yo‘nalishning yutuqlari
Yo‘nalishning muhim ustunliklaridan biri — nazariya, diagnostika va amaliy korreksion pedagogikaning uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitilishidir.
Ta’lim jarayonida:
- real pedagogik amaliyot
- maxsus maktablar bilan hamkorlik
- zamonaviy diagnostik metodlar
- inklyuziv ta’lim texnologiyalari
- xalqaro metodik materiallardan foydalanish
asosida talabalar professional faoliyatga tayyorlanadilar.
Dastur maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda zamonaviy, insonparvar va innovatsion yondashuvlarni shakllantirish orqali inklyuziv jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Hujjat topshirish uchun talablar
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajarish orqali oʻzingiz xohlagan taʼlim dasturini boshlashingiz mumkin:
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak.
Qabul qilish uchun zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasi (rangli).
- Litsey/kollej/litsey diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli).
- Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm.
- Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat hajmi 2 MB, JPEG yoki PNG formatidan oshmasligi kerak).
Rasmiy IELTS/TOEFL chet tilini bilish sertifikati, agar mavjud boʻlsa, qabul qilinadi va ingliz tili guruhida oʻqish uchun talab qilinadi.
Kirish imtihonlari fanlari Suhbat asosida.