Axborot tizimlari muhandisligi
Axborot tizimlari muhandisligi – matematika, biznes va informatika kabi fanlarni birlashtirgan koʻp tarmoqli soha. Axborot tizimlari muhandislari asosan maʼlumotlar uchun ishlatiladigan tizimlarni ishlab chiqadilar, sinovdan oʻtkazadilar. Axborot tizimlari turli shakllarda boʻlishi mumkin, shu jumladan, geografik axborot tizimlari, meteorologik tasvirni qayta ishlash yoki aloqa tarmoqlari. Axborot tizimlari muhandislari davlat va xususiy sektorda, shu jumladan, mudofaa idoralarida, tibbiyot sanoatida yoki moliyaviy korporatsiyalarda ishlaydilar.
Axborot tizimlari muhandislari moliya, sogʻliqni saqlash, hukumat va texnologiya kabi turli sohalarda ishlashi mumkin. Ular ma’lumotlar bazasini loyihalash va boshqarish, tarmoq xavfsizligi, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va loyihalarni boshqarish bilan shugʻullanishlari mumkin.
Biznes va kundalik hayotning barcha jabhalarida texnologiyaga boʻlgan ishonch ortib borayotganligi sababli axborot tizimlari muhandislariga talab yuqori.
Kirish talablari
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajargan holda o’qishni boshlashingiz mumkin bo’ladi.
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
Qabul uchun zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasi (rangli)
- Litsey/kollej/litseydan diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli)
- Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm
- Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat JPEG yoki PNG formatida hajmi 2 MB dan, oshmasligi kerak).
Chet tilini bilish sertifikati IELTS/TOEFL faqat ingliz tili guruhida tahsil olishingiz uchun kerak bo’ladi.
Kirish imtihon fanlari - Matematika va Fizika.