Psixologiya
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi inson psixikasi, shaxs rivojlanishi, xulq-atvor va ijtimoiy munosabatlarni chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Yo‘nalishga ilk talabalar 2024-yildan boshlab qabul qilingan.
Dastur bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar bilan ishlash, psixologik maslahat berish, psixodiagnostika, pedagogik va ijtimoiy-psixologik faoliyatni tashkil etish bo‘yicha professional bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Ta’lim jarayonida talabalar umumiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, pedagogik psixologiya, psixologik tadqiqot metodlari, kommunikativ ko‘nikmalar va zamonaviy psixologik yondashuvlarni chuqur o‘rganadilar.
Dastur nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan bo‘lib, talabalarda analitik fikrlash, empatiya, liderlik, kommunikatsiya va insonlar bilan ishlash bo‘yicha muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Qabul suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbat davomida abituriyentlarning bilim darajasi, kommunikativ salohiyati, mantiqiy fikrlashi va sohaga bo‘lgan qiziqishi baholanadi.
Yo‘nalishning maqsadi va vazifalari
Dastur quyidagi asosiy maqsadlarni qamrab oladi:
- zamonaviy psixologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
- shaxs rivojlanishi, bolalar va o‘smirlar psixologiyasi bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish
- talabalarda kreativ va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
- psixodiagnostika, psixologik maslahat va tadqiqot metodlari bo‘yicha professional tayyorgarlikni kuchaytirish
- ta’lim, ijtimoiy va biznes muhitida samarali ishlash uchun zarur kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish
- ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat uchun zamonaviy psixologik metodikalarni o‘rgatish
- xalqaro tajriba va innovatsion psixologik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
O‘quv dasturi nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikni uyg‘unlashtirgan holda bosqichma-bosqich tashkil etilgan.
Birinchi kurs
Talabalar psixologiyaga kirish, umumiy pedagogika, axborot texnologiyalari, kommunikatsiya asoslari va xorijiy tillarni o‘rganadilar. Universitetda 5 ta xorijiy tilni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu talabalarning xalqaro kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ikkinchi kurs
Talabalar mutaxassislik fanlarini chuqurroq o‘zlashtiradilar. Jumladan:
- Bolalar psixologiyasi
- Umumiy psixologiya
- Rivojlanish psixologiyasi
- Psixologik tadqiqot metodlari
- Psixologiya tarixi
- Psixologik-pedagogik yondashuvlar
kabi fanlar o‘qitiladi.
Uchinchi kurs
Asosiy e’tibor zamonaviy o‘qitish metodlari, ilmiy tadqiqot usullari, kasbiy psixologik mahorat va amaliy faoliyatga qaratiladi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar, treninglar va professional amaliyot orqali real psixologik muhitda tajriba orttiradilar.
To‘rtinchi kurs
Yakuniy bosqichda talabalar mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganish bilan birga ilmiy izlanishlar va amaliyot faoliyatini olib boradilar. Dastur professional amaliyot va yakuniy tadqiqot ishlari bilan yakunlanadi.
Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari
Yo‘nalish xalqaro akademik hamkorlik va talabalar mobilligini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Universitet Janubiy Koreyaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.
Hamkor universitetlar:
- Hanyang University
- Hankyong National University
- Busan University of Foreign Studies
- Jeonju University
- Chosun University
- Gachon University
- Daegu University
- Sungshin Women’s University
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun:
- 2+2 dasturlari
- exchange dasturlari
- xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari
mavjud bo‘lib, bu dasturlar talabalarning xalqaro tajribasini oshirish, til ko‘nikmalarini rivojlantirish va global mehnat bozorida raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunga qadar Koreya Respublikasida tahsil olib qaytgan bitiruvchilar soni 43 nafardan oshgan.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
“Psixologiya” yo‘nalishi bitiruvchilari ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, biznes va davlat boshqaruvi tizimining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Bitiruvchilar quyidagi tashkilotlarda ishlash imkoniyatiga ega:
- maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari
- psixologik xizmat ko‘rsatish markazlari
- reabilitatsiya markazlari
- “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutlari
- ommaviy axborot vositalari
- davlat va mahalliy boshqaruv organlari
- biznes va sanoat tashkilotlari
- sport jamoalari va sport markazlari
- harbiy bo‘linmalar va huquqni muhofaza qilish organlari
Shuningdek, ular:
- psixolog
- psixodiagnost mutaxassis
- ta’lim psixologi
- HR va personal bilan ishlash mutaxassisi
- oilaviy maslahatchi
- trening va rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
- ilmiy tadqiqotchi
- psixologik xizmat koordinatori
sifatida faoliyat olib borishlari mumkin.
Mutaxassislik nomi:
60310300 — Psixologiya
Kvalifikatsiya:
Psixolog
Yo‘nalishning yutuqlari
Yo‘nalishning muhim ustunliklaridan biri — nazariya, amaliyot va zamonaviy psixologik metodikalarning uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitilishidir.
Ta’lim jarayonida:
- amaliy psixologik treninglar
- diagnostik metodikalar
- real кейслар asosida ishlash
- ilmiy-tadqiqot faoliyati
- zamonaviy xalqaro metodikalar
- kommunikativ va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida talabalar professional faoliyatga tayyorlanadilar.
Dastur zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos, inson psixologiyasini chuqur tushunadigan, analitik fikrlovchi va professional psixolog mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Qabul
Hujjat topshirish uchun talablar
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajarish orqali o‘zingiz xohlagan ta’lim dasturini boshlashingiz mumkin:
Avval admission.kiut.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
Qabul qilish uchun zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasi (rangli).
- Litsey/kollej/litsey diplomi yoki ma’lumotnoma nusxasi (rangli).
- Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat — 3,5 sm × 4,5 sm.
- Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat hajmi 2 MB dan oshmasligi, JPEG yoki PNG formatida bo‘lishi lozim).
Rasmiy IELTS/TOEFL chet tilini bilish sertifikati, agar mavjud bo‘lsa, qabul qilinadi va ingliz tili guruhida o‘qish uchun talab etiladi.
Kirish imtihonlari suhbat asosida amalga oshiriladi.