• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

Rus tili


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi rus tilini chuqur biladigan, uni zamonaviy metodlar asosida o‘qita oladigan hamda akademik va kasbiy muhitda samarali muloqot yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. 
Dastur talabalarda kommunikativ, lingvistik, metodik va madaniyatlararo kompetensiyalarni shakllantirishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayonida rus tilining fonetikasi, leksikologiyasi, morfologiyasi, sintaksisi va stilistikasi, og‘zaki va yozma nutq, rus va jahon adabiyoti, tarjima asoslari hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi chuqur o‘rgatiladi.
Dasturda o‘zbek auditoriyasi uchun moslashtirilgan qiyosiy-tahliliy va kommunikativ yondashuvlarga asoslangan zamonaviy ta’lim modeli muhim o‘rin tutadi.

O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
Dastur 4 yillik bakalavriat bosqichidan iborat bo‘lib, 160 kredit va 240 ECTSni qamrab oladi. O‘quv reja lingvistika, adabiyotshunoslik, metodika, nutq madaniyati, tarjima va amaliyot bloklarini uyg‘unlashtirgan holda tuzilgan. 
1-o‘quv yilida talabalar rus tili va filologiyaning tayanch asoslarini egallaydilar. Modern Russian Language, Introduction to Linguistics, Introduction to Literary Studies, Folklore hamda Foreign Children’s Literature kabi fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, koreys yoki turk tillaridan biri tanlov fani sifatida taklif etiladi.
2-o‘quv yilida rus tilining nazariy va amaliy jihatlari chuqurroq o‘rganiladi. Talabalar Teacher’s Speech Culture, Russian Language Workshop, Comparative-Typological Linguistics hamda Russian Spelling and Punctuation kabi fanlarni o‘zlashtiradilar. Ushbu bosqich yakunida Internship 1 tashkil etiladi.
3-o‘quv yilida metodik va kommunikativ tayyorgarlik kuchayadi. Methods of Teaching Russian Language, Text Linguistics, Critical Thinking, Academic Letter, Rhetoric va Modern Russian Literature kabi fanlar orqali talabalar amaliy va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
4-o‘quv yilida esa tarjima nazariyasi va amaliyoti, stilistika, ilmiy tadqiqot metodlari hamda maktabda rus tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha chuqur tayyorgarlik olib boriladi. Yakuniy bosqichda Undergraduate Practice hamda Graduation Research yoki Final Cross-Disciplinary Examination topshiriladi. 
Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari
Yo‘nalish doirasida xalqaro ilmiy va akademik hamkorliklarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hamkor universitetlar:

  • Qozon davlat universiteti
  •  Moskva davlat pedagogika universiteti
  •  Sankt-Peterburg davlat universiteti 

Mazkur hamkorliklar doirasida guest lecturer dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etilmoqda.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
Bitiruvchilar:

  •  umumta’lim maktablari
  •  akademik litseylar
  •  o‘quv markazlari
  •  ta’lim tashkilotlari da rus tili o‘qituvchisi, metodist hamda akademik va kasbiy rus tili bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. 

Shuningdek, ular:

  • tarjima
  •  matn tahlili
  •  tilshunoslik
  •  adabiyotshunoslik
  •  madaniyatlararo kommunikatsiya

bilan bog‘liq yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlari mumkin.
Yo‘nalishning yutuqlari
Yo‘nalishning muhim ustunliklaridan biri rus tilini o‘zbek auditoriyasi uchun moslashtirilgan holda o‘qitish tizimining shakllanganidir. Ta’lim jarayonida kommunikativ, kompetensiyaviy va interaktiv yondashuvlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalaridan keng foydalaniladi. 

Yo‘nalishda jami 12 nafar akademik xodim faoliyat yuritadi. Ulardan 3 nafari PhD yoki DSc, 4 nafari esa MA yoki MSc darajasiga ega.
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida Communicative Language Teaching, Task-Based Language Teaching, Problem-Based Learning, Project-Based Learning, Blended Learning va Student-Centered Learning kabi zamonaviy metodikalardan foydalaniladi. Bu esa talabalarning og‘zaki va yozma nutqini, mustaqil fikrlashini hamda amaliy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

  •  

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram