Universitetning taʼlim grantini qoʻlga kiritish uchun nomzodlar quyidagi talablarni bajarishlari va ularga mos kelishlari kerak:
- Motivatsion xat;
- Oʻquv yili davomida barcha fanlar boʻyicha imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtishi/yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishi;
- Oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan faqat “aʼlo” baho boʻlishi;
- Belgilangan oʻquv mashgʻulotlarida doimiy ravishda faol ishtirok etgan holda kamida 2 nafar professor — oʻqituvchining tavsiyanomasiga ega boʻlishi;
- Mutaxassisligi yoʻnalishi boʻyicha xalqaro va respublika miqyosida ilmiy — amaliy konferensiyalar hamda turli darajadagi tanlovlarda faol qatnashishi va 1-2-3 oʻrinlarni qoʻlga kiritishi;
- Universitet ijtimoiy hayotida boʻlib oʻtadigan turli tadbirlarda faol ishtirok etishi;
- Davlat tili bilan bir qatorda, kamida bitta xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi (koreys tili – TOPIK – 4, yoki ingliz tili – IELTS – 6.0);
- Nomzodning shaxsiy xususiyatlari, odobi hamda boshqa afzalliklariga baho beriladi;
3- va 4-bosqich talabalarining taʼlim granti nomzodligida oʻquv yili davomida chop etilgan mahalliy va xorijiy jurnallardagi ilmiy maqolalarga ega boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi (shuningdek, qoʻlyozma Scimago tizimida indekslangan jurnalida chop etilsa ustuvorlik beriladi).