“Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi universitetning iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlovchi asosiy oʻquv-ilmiy boʻlinmasi boʻlib, 2021 yil avgust oyida tashkil etilgan.
Kafedraning bosh maqsadi — “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi va audit” va iqtisodiyotning boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori intellekt, zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega bakalavr va magistrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Kafedraning asosiy vazifalari:
Kafedradagi fanlar iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejasiga muvofiq fanlar oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladigan guruhlarda oʻqitiladi.
Darslar fanlar boʻyicha tasdiqlangan ishchi dastur (Sillabus) va dars jadvali asosida olib boriladi. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan tayyorlagan oʻquv materiallari Mudl tizimiga joylashtiriladi.
Hozirgi kunda kafedrada 22 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda, ularning 8 nafari asosiy shtatda ishlamoqda.
Kafedra joylashuvi: A-bino, A-215-xona.
Ilmiy qiziqishlari: Monetar siyosat, Tijorat banklarning investitsion faoliyat, Islom moliyasi Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2021-yildan buyon “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan: pul-kredit siyosati, bank ishi, tijorat banklarining investitsiya faoliyati, islom moliyasi hamda mikromoliyalashtirish. Ilmiy jamoatchilikdagi faoliyati: Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/31.12.2020.I.130.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi DSc.03/08.05.2025.I.133.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.07.2024.I.78.06 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar a’zosi Shuningdek, Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Financial and Economic Sustainability” elektron jurnali tahririyat hay’ati a’zosi. Dodiyev Fozil O‘tkurovich tomonidan 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, bir qator monografiyalar muallifi hisoblanadi. Xorijiy va mahalliy ilmiy loyihalarda faol ishtirok etgan.
Ilmiy qiziqishlari: Buxgalteriya hisobi, hususiy kapitla va ustav kapitali Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2022 yil oktabrdan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. . U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Buxgalteriya hisobi”, “Boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy hisob va hisobot” va “Audit”. 2002-2006 yillarda Toshkent Moliya insituti “Buxgalteriya hisobi va audit” iqtisosligida o‘qigan. 2006-2008 yillar Toshkent Moliya insituti “Buxgalteriya hisobi” bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2011-2020 yillar Toshkent Moliya insituti “Buxgalteriya hisobi”kafedrasi katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2020-2021 yillarda Toshkent shahridagi Yodju texnika insitutda “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021-2022 yillarda shu insitutining “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimda ishlagan. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 3 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etgan. Uning rahbarligida ikki nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, ulardan D.Xayrullayev Respublika fan olimpiadasida “Buxgalteriya hisobi va audit” fan yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin sohibi boʻlgan.
Ilmiy qiziqishlari: tijorat banklarini tartibga solish tartibi, xalqaro bank ishi, islomiy bank ishi, risk menejmenti, raqamli bank ishi Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2025 yil iyul oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya nashir etgan.
Ilmiy qiziqishlari: buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o‘rganish, eng so‘nggi ma’lumotlar asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar yozish Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya Mehnat faoliyatini 2000-yil 1-iyuldan Toshkent Moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimidan boshlangan. 2000-yil iyulidan 2021-yil avgustigacha Toshkent Moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yil sentyabr oyidan Toshkent Moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazilgan. 2022-yil sentyabr oyidan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (avvalgi Toshkent shahridagi Yodju Texnika Instituti) “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv qoʻllanma muallifi, 3 ta darslik hammuallifi.
Ilmiy qiziqishlari:byudjetlashtirish jarayonini boshqaruv hisobida o'rganish, BHXS va AXS, shuningdek buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil sohasidagi so'nggi ishlanmalar asosida o'quv adabiyotlarini yozish. Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 1999–2000 yillarda “AKKUM-Savdo” MChJ bosh buxgalteri. 2000–2002 yillarda Toshkent Milliy hunarmandchilik va qurilish kollejida biznes fanlari o‘qituvchisi. 2001–2002 yillarda O’zXDP tuman Kengashining bosh buxgalteri. 2002 yil sentyabridan 2020 yil fevraligacha Toshkent moliya institutining “Buxgalteriya hisobi, audit va XFT” kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, keyinchalik “Buxgalteriya hisobi va audit”, so‘ng “Buxgalteriya hisobi” kafedralarida faoliyat yuritgan. 2011–2013 yillarda “Himoya kiyim” MChJ bosh buxgalteri. 2018 yildan hozirgi kungacha “Art Garmoniya” MChJda buxgalter. 2020 yilda “International Business Audit Consulting” MChJ AJda auditor, konsalting bo‘limi rahbari. 2020 yil avgustidan Toshkent shahridagi Yoju Texnika institutining “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2021 yil sentyabridan Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2022 yil sentyabr oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti v.b. lavozimida, hamda 2025 yil iyulidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 2 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari chop etilgan.
Ilmiy qiziqishlari: Nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2022-yil sentabr oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy rahbarligida shu kungacha 4 ta bitiruv malakaviy ishi (BMI)ga rahbarlik qilgan; Vazirlik grifi asosida hammualliflikda 2 ta darslik tayyorlanmoqda; 9 ta ilmiy maqola chop etilgan bo‘lib, shundan 7 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda e’lon qilingan; shuningdek, 7 ta ilmiy tezis xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida nashr etilgan. 2022–2024-yillar davomida “Basic Accounting”, “Financial Reports”, “Financial Accounting”, “Economic Analysis” hamda “Accounting Information System” fanlari bo‘yicha sillabuslar va o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. 2013-yilda Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida malaka oshirgan. 2021-yil iyul–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4342-sonli qarori asosida YXHT bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish” loyihasida buxgalter sifatida faoliyat yuritgan. 2021-yil aprel–dekabr oylarida BMTning UNICEF jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilgan “ImkonLab (UPSHIFT) – ijtimoiy tadbirkorlik va ijtimoiy innovatsiyalar” loyihasida buxgalter lavozimida ishlagan. 2023-yil 27-iyundan 11-iyulgacha Bolgariya Respublikasining Varna Menejment Universitetida “International Accounting” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2024-yil dekabr oyida Xalqaro Migratsiya Tashkilotining IOM Project Code PX.0327 loyihasi doirasida O‘zbekiston Yoshlar Umumjahon Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan loyiha doirasida buxgalter-moliyachi sifatida faoliyat yuritgan.
Ilmiy qiziqishlari: sindikatlashtirilgan kreditlar, lizing, kreditlar, alohida kredit turlari, xalqaro kreditlar. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2021 yil sentyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Bank ishi”, “Xalqaro bank ishi”, “Pul, kredit va banklar” va “Banklarda risk menejmenti”. 2013-2017 yillarda Toshkent Moliya Instituti “Bank ishi” ixtisosligida o‘qigan. 2018-2021 yillar Chonnam Milliy Universitetida (Janubiy Koreya) “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada ta’lim olgan. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Sindikatlashtirilgan kreditlar mavzusida bir qancha ilmiy maqolalari mahalliy hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan.
Ilmiy qiziqishlari: Auditorlik faoliyatida riksni va muhimlik darajalarini to’g’ri aniqlash, Boshqaruv hisobi, Moliyaviy hisob, Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2019 yil Yodju texnika insitutiga ishga kelgan. U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Buxgalteriya hisobi”, “Boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy hisob va hisobot” va “Audit”. 2015-2019 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Buxgalteriya hisobi va audit” iqtisosligida o‘qigan. 2019-2021 yillar Toshkent Moliya insituti “Audit (tarmoqlar va soxalar)” bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2019-2021 yillar Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti “Uzluksiz ta‘lim” bo‘limning yetakchi mutaxasisi, 2021-2022 yillar Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti “Banking and Accounting” kafedrasi o‘qituvchisi . Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchi. 2025 yil aprelidan oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b. dotsent PhD lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. 1 ta oʻquv qoʻllanma va 1 ta monografiya chop etilgan.
Ilmiy qiziqishlari: O’zbekistonda islom moliyasini joriy qilish yo’llari Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2024 yil noyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xorijiy ilmiy jurnallarda, hamda xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida nashr etilgan. Muallifligida 1ta o’quv-uslubiy qo’llanma chop etilgan. 2016-2020 yillarda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Moliya, Investitsiya va Risk boshqaruvi” ixtisosligida o‘qigan. 2020-2022 yillar Binary universitetida (Malayziya) magistraturada ta’lim olgan.U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Bank ishi”, “Pul, Kredit va Banklar”, “Islom banki va moliyasi”. Hozirgi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi hisoblanadi.
Ilmiy qiziqishlari: pul kredit siyosati, aholi jamg’armalari, bank deposit masalasini oshirish yo’llari Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2021-yildan buyon “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasida ishlab kelmoqda. PhD, dotsent. Ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan: pul-kredit siyosati, bank ishi, tijorat banklarida factoring operatsiyalarini amalga oshirish, aholi jamg’armalarini tijorat banklarida deposit shaklida shakllantirish. Mehnat faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda ishlagan: 2010–2013 yy. — Toshkent sanoat kolejida “Umum iqtisod” kafedrasi katta o'qituvchisi 2019–2020 yy. — Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi 1-toifali mutaxassis 2020–2022 yy. — Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʼyicha tayanch doktorant 2023 h.v–2005 yy. — Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Bank ishi va buxgalteriya hisobi”da dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Bobobekov Farxod Rustamovich tomonidan 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan
2023 yil fevraldan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyatining sohasi –– Buxgalteriya hisobi va Iqtisodiy tahlil. Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 3 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma va 7 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etgan. Uning rahbarligida bir nafar talaba (B.Sanaqulova) Prezident stipendiyasi sovrindori, ikki nafar talaba (U.Pardayev va S.Axmedov) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari boʻlgan. Shuningdek, uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlangan va himoya qilingan.
Ilmiy qiziqishlari: Intelektual mulk obyektlari hisobi va tahlili, Suniy intelekt hisobi, Global innovatsion indekslar Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2024 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ishlab kelmoqda. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor. U 1996-1997 yillarda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutida kafedra assistenti va katta o‘qituvchi, 1997-2007 yillarda Toshkent moliya institutida kafedra katta o‘qituvchisi, dosenti, 2007-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida kafedra dosenti, kafedra mudiri, “Iqtisodiyot ishlari bo‘yicha” prorektor, kafedra professori, 2020-2022 yillarda Toshkent moliya instituti kafedra mudiri, 2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida kafedra mudiri va 2024 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, “Logistika va iqtisodiyot”, “Moliya va Bank ishi”, “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” hamda “International Editorial Board of IJMIE va International Editorial Board of IJRSS” (Xindiston) respublika va xalqaro jurnallarning tahririyati a'zosi.
Ilmiy qiziqishlari: Boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob. Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2018–2022-yillarda u Yeodju Texnika Institutining Buxgalteriya bo‘limida yetakchi buxgalter lavozimida faoliyat yuritgan. U buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va hisobot hamda audit yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan. 2023-yildan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2025-yil dekabr oyidan boshlab ushbu kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar va konferensiya tezislari chop etilgan.
Ilmiy qiziqishlari: iqtisodiy taxlil, moliyaviy taxlil, boshqaruv taxlili, savdo tashkilotlarida moliyaviy taxlil Ilmiy yo‘nalish: Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit (08.00.08) Biografiya 2025-yil fevral oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy faoliyati iqtisodiy tahlil, moliyaviy tahlil, boshqaruv tahlili hamda savdo korxonalari moliyaviy tahlili yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Mehnat faoliyati davomida turli soha va tashkilotlarda mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. 1961–1962-yillarda “O‘zdavlatloyiha” tashkilotida xodim, 1963–1964-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutida hisobchi, 1964–1966-yillarda esa Mirobod tumani moliya bo‘limida nazoratchi sifatida faoliyat olib borgan. 1966–1968-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida kichik ilmiy xodim, 1968–1971-yillarda aspirant, 1971–1973-yillarda esa shu institutda katta ilmiy xodim sifatida ilmiy izlanishlarini davom ettirgan. 1973–2002-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti “Iqtisodiy tahlil” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2002–2010-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Audit” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ilmiy faoliyati davomida 15 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma hamda 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.
Ilmiy qiziqishlari: Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va nazoratini takomillashtirish Ilmiy yo‘nalish: Buхgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2022 yil Yodju texnika insitutiga ishga kelgan. U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Buxgalteriya hisobi” va “Audit”. 2018-2022 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Buxgalteriya hisobi va audit” iqtisosligida o‘qigan. 2023-2025 yillar Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti “Audit (tarmoqlar va soxalar)” bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2022-2025 yillar Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti “buxgalteriya” bo‘limning yetakchi mutaxasisi, 2025- yil sentabrdan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.
Loyiha rahbari: Fozil Dodiev
Nomi: O‘zbekistonda aholi kambag‘alligini aniqlashning interaktiv shakldagi elektron platformasini yaratish
Annotasiya
Loyiha O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlashning yangicha mezoni ishlab chiqishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi yangicha mezonlar asosida kambag‘allikni aniqlashning interaktiv shakldagi elektron platformasini yaratish va amaliyotga joriy qilinshdan iborat.
Loyihaning vazifalari: