• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Maktabgacha va boshlangʼich taʼlim metodikasi” kafedrasi

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim barkamol shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki bu yoshdagi bolalar egallagan bilim va qadriyatlar uning keyingi hayotini belgilaydi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent xalqaro Kimyo universitetida 2019-2020 o‘quv yilida “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat yo‘nalishlari ochildi hamda universitet rektorining 2021-yil 3-avgust №418-sonli buyrug‘iga muvofiq “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tashkil etildi. 2022-2023 o‘quv yilida “Maxsus pedagogika” bakalavriat yo‘nalishi talabalarni qabul qildi.

Kafedra “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika” yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, shuningdek kafedra a’zolarining ilmiy-uslubiy ishlarini muvofiqlashtiradi. Kafedraning 3 nafar mustaqil izlanuvchisi ta’limning maktabgacha va boshlang‘ich bo‘g‘inlarida o‘quv jarayonini takomillashtirish ustida ilmiy izlanish olib bormoqda. 

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlarning o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti malaka talablariga moslanganligi bilan bir qatorda, jahon yetakchi pedagogik universitetlari standartlari va ilg‘or tajribasi asosida boyitilgan. Mashg‘ulotlar mobaynida talabalarda bo‘lajak kasblariga muhabbat uyg‘otish maqsadida Toshkent shahridagi 300-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi, “Vosiq international school and Kindergarden”, “Leader School” kabi tajriba-tadqiqot maydonchalarida kasb bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Ular bilan o‘zaro kelishuv asosida “Mahorat darslari”, ochiq darslar o‘tkaziladi va talabalarning pedagogik amaliyoti tashkil etiladi.

Kafedra “Respublika ta’lim markazi” bilan memorandum asosida uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, maxsus va boshlang‘ich bo‘g‘inlari uchun o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish va yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi. 

2022-2023-o‘quv yilidan boshlab kafedrada “Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi” va “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Kafedraning ichki raqami: ( 155 )

Rustamova Manzura Mirkamalovna
Rustamova Manzura Mirkamalovna
Kafedra Mudiri

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 10 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega. 2016 yil “Innovasion g‘oyalar” xududiy ko‘rgazmasi hamda yoshlarning “Innovasion g‘oyalar” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi. 2017 yil O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Ilm yulduzlari” IV Respublika intellektual ko‘rik tanlovining universitet bosqichidagi “Eng mahoratli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi” nominasiyasi g‘olibi. 2018 yil O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi “Ixtirochi ayollar” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi I Respublika tanlovining “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma'lumotlar bazasi” nominasiyasi g‘olibi. 2022-yilda “Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi” mavzusida PhD dissertasiyasini himoya qildi. 50 dan ortiq ilmiy ishlarni nashr qilgan, shu jumladan 1 ta elektron darslik, 1 ta elektron qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta metodik qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar muallifidir.

Xamedova Nilufar Azimovna
Xamedova Nilufar Azimovna
Dotsent

Pedagogika fanlari nomzodi, «Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim metodikasi» kafedrasi dotsenti, 40 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega. Аsosiy mutaxassisligi matematika va boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. Bakalavriatda «Boshlangʼich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi», magistraturada «Boshlang‘ich taʼlim fanlari nazariyasi», «Mutaxassislik fanlarini oʼqitish metodikasi» kabi fanlardan mashg‘ulot olib boradi. 1995 yilda «1-4 sinf o‘quvchilarida iqtisodiy-statistik bilim elementlarini shakllantirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 120 dan ortiq ilmiy ishlarni nashr qilgan bo‘lib, shu jumladan 2 ta darslik, 1 ta elektron darslik, 4 ta oʼquv qo‘llanma, 4 oʼquv-metodik qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar muallifidir. Kafedraning 2 ta mustaqil tadqiqotchisiga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.

A'zamova Malohat Najimovna
A'zamova Malohat Najimovna
Katta o'qituvchi

A'zamova Maloxat Nadjimovna- pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 30 yillik pedagogik va 10 yillik ilmiy - pedagogik faoliyatga ega. Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim kafedrasida v.b.dosent lavozimda 2022 yil avgust oyidan buyon faoliyat yuritadi. A'zamova Maloxat Nadjimovna- baklavriat talabalariga “ Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” va “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanlaridan, shuningdek, Magistrlarga “Maktabgacha ta'lim nazariyasi”, “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanlaridan ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tadi. A'zamova Maloxat Nadjimovna- Nizomiy nomidagi TDPUning mustaqil tadqiqotchisi sifatida 13.00.07. - "Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik (Ds) ishini himoya qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. A'zamova Maloxat Nadjimovna- ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi 13.00.02.- “Ta'limda menejment” -ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar a'zosi. A'zamova Maloxat Nadjimovna –“Xalq ta'limi a'lochisi” hamda” O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. A'zamova Maloxat Nadjimovnaning 50 danortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Jumladan, 1 ta darslik va 4 ta o‘quv-metodik qo‘llanmalar.

Nusratova  Hamida  Cho’libayevna
Nusratova Hamida Cho’libayevna
Dotsent

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, 25 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega. Dotsent H.Ch.Nusratova o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini zamon ruhi, milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillari asosida “Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Boshlang’ich ta’lim nazariyasi”, “Tilshunoslik madaniyati”, “O’qituvchi nutq madaniyati” kabi fanlardan talabalarga saboq bermoqda. H.Ch.Nusratovaning shu kungacha ellikdan ortiq ilmiy maqolasi, o‘ndan ortiq publisistik maqolalari, respublika, shuningdek, xorij matbuoti va turli ilmiy anjumanlarning to‘plamlarida e’lon qilindi. 2021 yilda olimaning “Bolalar adabiyoti” va “Umumiy pedagogika” darsliklari, “Bolalar adabiyoti” o’quv qo’llanmasi, “Safar Barnoyevning badiiy mahorati” nomli monografiyasi, “Boshlang‘ich ta’limda “Tursunboy Adashboyev ijodi” modulini o‘rgatish”, “Boshlang‘ich ta’limda Abdulla Avloniyning bolalarga atalgan she’riy asarlarini o‘rgatish” nomli uslubiy qo‘llanmalarini nashr ettirdi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi 

2023 yilning 15-fevralida “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tomonidan  Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” nomli tanlov-tadbir tashkil qilindi.
Tadbir dasturidan:

  1. “G’azalxonlik”
  2. “Sahna ko’rinishi”
  3. “Navoiy va Bobur asarlariga illustratsiya chizish”
  4. “Esse yozish”
  5. “Navoiy va Bobur asarlarining zamonaviy talqini” mavzulari o’rin egalladi.

Tadbirni ToshDO‘TAU “Folklorshunoslik va dialektologiya” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Abdumurod Tilavov o’zining sermazmun suhbati bilan ochib berdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan yod olingan g‘azallar tinglandi.
TRS 74 guruh talabasi Rustamova Shaxrizodaning Bobur qalamiga mansub “Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga…” misralari bilan boshlanuvchi g’azalini kuyladi. Unga Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Musiqa madaniyati” fakulteti “Ijrochilik mahorati va madaniyati” kafedrasi o’qituvchisi I.A.Ro’zimurodov o’z guruhi bilan sozandalik qildi.
 TRS 71 guruh talabalari tomonidan “Navoiy va Guli” sahnasi ijro etildi.
PRIE 51 guruh talabalari tomonidan “Farxod va Shirin” ning zamonaviy talqini ijro etildi.

           


 

 

 


Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida taniqli yozuvchi, adabiyotshunos olim Ulug’bek Hamdam bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi. 


"Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi 3-kurs talabalari uchun Italiyalik mutaxassis, Toshkent shahar Prezident maktablari metodisti Alessio Scarito ishtirokida "O'quvchilarda kreativlikni rivojlantirishning ahamiyati" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv to'liq ingliz tilida olib borilishiga qaramasdan talabalarimiz faol ishtirok qilishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram