Rus tili kafedrasi rektorning 2019-yildagi 63-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent xalqaro Kimyo universitetining asosiy o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Rus tili kafedrasining asosiy maqsadi - universitet talabalarini o'qitish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta'minotini takomillashtirishdir.
Kafedraning vazifasi - rus madaniyatini chuqur anglash, shuningdek, adabiy rus tilini ham, kundalik hayotda qo'llaniladigan zamonaviy tilni ham o'rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Yuqoridagilarga muvofiq, o'quv dasturi rus tilini o'rganishning nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi.
Kafedra missiyasi - ta'lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha o'quv, o'quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat.
Kafedrada "Rus tili", "Rus tili chet tili sifatida", "Ritorika" fanlari o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladigan guruhlarda o'qitiladi. Darslar 1, 2, 3 kurslarda ish dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval bo'yicha amaliy mashg'ulotlar shaklida amalga oshiriladi. Kafedra o'qituvchilari Moodle platformasida joylashtirilgan o'quv materiallarini tayyorlaydilar. Talabalarning faoliyati turli xil an'anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.
Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, masalan, Moskva pedagogika davlat universiteti (MPDU), Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RUDN), Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, (RSU), Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi (RFMM), Rossiya madaniyat markazi (RMM). Har yili hamkorlik doirasida rus tilini o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkaziladi.
Rus tili kafedrasi katta ilmiy salohiyatga ega va zamonaviy o'quv jarayonining dolzarb muammolarini hal qilishga qodir bo'lgan ijodiy jamoadir. Kafedra professor-o'qituvchilari rus, o'zbek va xorijiy adabiyoti yozuvchilari va shoirlarining badiiy adabiyotlarini o'qishga jalb etish, ularning kasbiy faoliyatida og'zaki nutq ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida ijodini o'rganish bo'yicha talabalar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib bormoqda.
Ilmiy qiziqishlari: Linguistika nazariyasi va amaliyoti. Rus tilining rivojlanish tarixi. Leksikologiya. Nutq madaniyati. Etnolingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o'rganishning zamonaviy tendensiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o'qitish metodikasi (13.00.02) Biografiya 1987-yilda Moskva davlat pedagogika universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Umumiy ilmiy-pedagogik faoliyat staji 39 yilni tashkil etadi. 2009-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha “Yuridik yo‘nalish talabalarining kasbiy kompetensiyasini rus tili vositalari orqali shakllantirish (og‘zaki nutq materiali asosida)” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini himoya qilgan. 2023-yilda Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan professor ilmiy unvoni berilgan. Kasbiy yo‘li oliy ta’lim boshqaruvi va pedagogika sohasidagi yuksak yutuqlar bilan ajralib turadi. 2018-yilda “Yilning eng yaxshi kuratori” kasbiy tanlovi g‘olibi deb topilgan. 2019-yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) Rus tili kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Uning rahbarligida kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari olib borilmoqda hamda “Education Human Life” ilmiy jurnali nashr etilmoqda, ushbu jurnalda u bosh muharrir lavozimini egallagan. Ilmiy-nashriyot faoliyati 4 ta darslik, 1 ta monografiya, 10 ta o‘quv qo‘llanma va yetakchi nashrlarda chop etilgan ko‘plab ilmiy maqolalarni o‘z ichiga oladi. Millatlararo munosabatlarni rivojlantirish va ta’lim sohasidagi hissasi uchun 2021-yilda davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Doimiy ravishda xalqaro ta’lim markazlarida malakasini oshirib boradi. 2024-yil avgust oyida Polshaning Varshava shahridagi WSB Merito universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida turli fanlarni o‘qitish sohasidagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari” dasturi bo‘yicha tahsil olgan. 2025-yil iyul oyida Sunchon milliy universitetida (Koreya Respublikasi) ilmiy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan.
Ilmiy qiziqishlari: Tilshunoslik. Tilshunoslik nazariyasi va amaliyoti. Rus tilini o'qitish metodikasi. Rus tilining rivojlanish tarixi. Rus tilini chet tili sifatida o'rganishning zamonaviy tendentsiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o'qitish metodikasi (13.00.02) Tarjimai hol Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2024 yil sentyabr oyidan boshlab "Rus tili" kafedrasida ishlaydi. 2022 yilda "Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining lingvometodik kompetentsiyalarini shakllantirish metodikasi" mavzusida dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. 2022 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi hisoblanadi. Oktyabr oyida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ilmiy kengashida R. M. Sodiqovni rus tili kafedrasi dotsenti lavozimiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi. R. M. Sodiqov o'zining pedagogik amaliyotida u o'zini mas'uliyatli xodim va yuqori darajadagi mutaxassis sifatida namoyon qiladi. Ko'plab xalqaro maqolalarga ega, shu jumladan respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etadi. 2023-yilda "Qozon (Volga mintaqasi) federal universiteti"da malaka oshirish kursidan o‘tgan.
Imiy qiziqishlari: Rus tilini chet tili sifatida o'qitish metodikasi (RFL). Ilmiy yo‘nalish: Chet tili sifatida rus tili darslarida nutqiy faoliyatni o'zlashtirish. Biografiya 2019-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Rus tili kafedrasining Dotsent v.b. Faoliyati davomida bitta “Ruscha-o‘zbekcha-inglizcha-koreyscha frazeologik lug‘at”, ikkita “Rus maqol va matallari bo‘yicha mashqlar to‘plami” va “Rus tilidan amaliy mashg‘ulot”oquv qollanmalari va «Rus tili: asosdan maxoratgacha» darsliklari nashr etilgan. Ko‘plab ilmiy maqola va tezislar muallifi.
2019-yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Rus tili kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U Namangan davlat pedagogika universitetini Rus tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Hozirda kafedraning dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida ishlamoqda. U Rossiyaning yetakchi universitetlarida malaka oshirish kurslaridan o‘tgan bo‘lib, bu uning ilmiy-metodologik dunyoqarashini kengaytirish hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning zamonaviy metodikasi bo‘yicha kompetensiyalarini takomillashtirishga imkon berdi. U turli mutaxassislikdagi talabalar uchun mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar muallifi, shuningdek milliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan bir qator ilmiy maqolalar hamda tezislar muallifidir. Uning asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi boʻyicha mavzusi «Shaxsning axloqiy fazilatlarini tavsiflash vositasi sifatida rus-oʻzbek soʻz iboralarini qiyosiy tahlili». Ilmiy ish frazeologizmlarning madaniy-milliy xususiyatlarini, ularning til manzarasini shakllantirishdagi roli hamda madaniyatlararo kommunikatsiyadagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy qiziqishlari umumiy tilshunoslik, rus tili grammatikasi, frazeologiya hamda qiyosiy-tahliliy metodologiya masalalarini qamrab oladi. Ayniqsa, madaniyatlararo muhitda rus tilini o‘qitish metodikasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ilmiy qiziqishlari: Umumiy tilshunoslik, rus tili grammatikasi, psixologiya, universitet talabalarini tayyorlashda o‘yin usullari orqali o‘qitish metodlari. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o‘qitish metodikasi (13.00.02) Biografiya 2020-yildan boshlab, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Rus tili kafedrasining katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining «Rus tili milliy guruhlarda» yo‘nalishi bo‘yicha diplomga ega. Hozirda «Rus tilini o‘qitishda “Eduteynment” texnologiyasi orqali universitet talabalarining professional kompetensiyalarini shakllantirish» mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Rus tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy maqola nashr etilgan. «Grammatika bo‘yicha Eduteynmentning o‘yin usullari» nomli o‘quv-metodik qo‘llanmaning muallifidir.
Ilmiy qiziqishlari: Rus tili grammatikasi; 20-asr rus adabiyoti Ilmiy yo‘nalish: AKTdan foydalangan holda rus tilini o'rgatish Biografiya: 2022 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. 2024-yil iyul oyida “Rus tilini chet tili sifatida o’qitishga zamonaviy lingvodidatik texnologiyalar” rus tili o’qituvchilari malakasini oshirish xalqaro yozgi maktabda malaka oshirishni tamomladi. Toshkent davlat pedagogika universitetining “rus tili va adabiyot oqituvchisi” mutaxassisligi bo’yicha bakalavr diplomga ega. Bir qancha monografiya va ilmiy maqolalar muallifi. “Nolingvistik universitetlarda rus tili darslarida raqamlarni o‘rganishning etimologik jihatlari”, “Rus tilini o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriyada chet tili sifatida o‘qitish metodikasi (audiolingual metod asosida)” mavzularida ilmiy maqolalar muallifi. "Rus tilini o'qitishda lingvistik modellashtirish strategiyalari va ularning o'quvchilarning shaxsiyatini shakllantirishdagi roli"
Ilmiy qiziqishlari: XIX-XX asrlar chet el va rus adabiyoti, rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodologiyasi. Ilmiy yo‘nalish: Rus tili Biografiya 2018 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida pedagogik faoliyatini boshladi. 2022 yilda rus tili bo‘yicha davlat testidan o‘tdi va «Uchinchi (TRKI-III/C1)» sertifikatini oldi. 2024 yilda INRTU xalqaro yozgi maktabida (Rossiya, Irkutsk) “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy lingvodidaktik texnologiyalar” malaka oshirish diplomini oldi. U ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy maqolalar muallifidir.
Ilmiy qiziqishlari: Rus tili, ingliz tili va adabiyoti. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati. Etika amaliy falsafa sifatida. Ilmiy yo‘nalish: Filologiya fanlari 10.00.00 Biografiya 2018-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Ko‘plab xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar muallifi. COURSERA platformasida turli fanlar bo'yicha 70 ta sertifikatlar egasi. 2023 yilda rus tilidan C1 sertifikatini oldi. U ko'plab konferentsiyalarda faol ishtirok etdi. U "Amaliy psixolog" mutaxassisligi bo'yicha kasbiy qayta tayyorlash diplomiga, "Oila psixologi" qo'shimcha mutaxassisligiga ega. INRTU xalqaro yozgi maktabida “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy lingvodidaktik texnologiyalar” malaka oshirish diplomini oldi. (Rossiya, Irkutsk)
Ilmiy qiziqishlari: Rus tili va adabiyoti, Zamonaviy rus adabiy tili, 19-asr rus adabiyoti, Rus tili chet tili sifatida, Psixolingvistika, Sotsialingvistika, Lingvokulturologiya. Ilmiy yo‘nalish: Filologiya fanlari 10.00.00 Biografiya 2020 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ish boshladi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Rus tili va adabiyoti” fakultetining bakalavr, shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Ona tili (rus tili)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura darajasiga ega. Xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan bir qancha ilmiy maqola va tezislar muallifi. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda doimiy ravishda qatnashib keladi. U "Amaliy psixolog" mutaxassisligi bo'yicha kasbiy qayta tayyorlash diplomiga, "Oila psixologi" qo'shimcha mutaxassisligiga ega. INRTU xalqaro yozgi maktabida (Rossiya, Irkutsk) “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy lingvodidaktik texnologiyalar” malaka oshirish diplomini oldi.
2025-yildan buyon u Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetining Rus tili kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. U filologiya sohasida mutaxassis bo‘lib, adabiyotshunoslik va qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishlarida ixtisoslashgan. 2022-yilda u filologiya bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun zamonaviy adabiyotda hujjatli nasr (non-fiction) xususiyatlariga bag‘ishlangan, rus, o‘zbek va belarus nasri materiallari asosida yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U rus adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, hujjatli adabiyot, tarjimashunoslik hamda rus tilini o‘qitish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola va tadqiqotlar muallifidir. Shuningdek, u “Rus adabiyoti tarixi” (davrlar bo‘yicha) o‘quv qo‘llanmasi, “Adabiyotshunoslik asoslari” darsligi hamda “50 ayol taqdiri” nomli badiiy hikoyalar to‘plami muallifidir. Hozirgi kunda u 10.00.06 — qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha DSc (doktorlik) dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Tadqiqoti rus va o‘zbek adabiyotida hujjatli nasr muammolariga bag‘ishlangan. Ilmiy qiziqishlari: rus adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, hujjatli adabiyot, non-fiction nazariyasi, til va adabiyot o‘zaro aloqasi hamda zamonaviy adabiy ta’lim.
Ilmiy qiziqishlari: Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, qiyosiy lingvistika, zamonaviy ta'limga interaktiv texnologiyalarni joriy etish, Ilmiy yo'nalishi: 10.00.00 (filologiya), 10.00.06 qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik. Tarjimai hol 2022 yildan Toshkent xalqaro Kimyo universitetida ish boshladi. 2023 yilda Toshkent xalqaro Kimyo universitetiga " Oliy o'quv yurtlari talabalariga rus tilini o'qitishda orfografik kompetentsiyalarni shakllantirishning lingvometodik asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini olish uchun o'qitish va tarbiya nazariyasi va metodikasi bo'yicha hujjatlarni taqdim etdi. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining "filolog, rus tili" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasiga, shuningdek, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus tili pedagogisi mutaxassisligi bo'yicha magistr darajasiga ega. U “Nutq madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma va bir nechta ilmiy maqolalar muallifidir. O'zbekistonda C2 rus tilini bilish bo'yicha xalqaro sertifikat oldi.