Axborot-resurs markazi haqida
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Axborot-resurs markazining missiyasi jahon standartlariga javob beruvchi ilmiy adabiyotlar hamda ilg’or ilmiy ta’limiy axborot resurslari bilan xizmat ko’rsatish orqali talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishlari, o’z kasbining yetuk malakali kadrlari bo’lib yetishishlariga ko’maklashishdir.
Markaz universitetning asosiy binosida joylashgan ikki qavatda faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun 350 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta o‘quv zali: universal adabiyotlar zali va guruh bo’lib ishlash zali mavjud. ARM fondi barcha ixtisosliklar bo'yicha kitobxonlar uchun ochiq taqdim etilgan. Universal adabiyotlar zalida elektron resurslar va internetdan foydalanish uchun 32 ta kompyuter mavjud.
ARM umumiy fondi 50 748 nusxani tashkil etib ulardan, bosma adabiyotlar 32 218 nusxa, elektron adabiyotlar 11 381 nusxa, audio kitoblar 498 nusxa, davriy nashrlar fondi 6 651 nusxani tashkil etadi.
ARM hodimlari foydalanuvchilarning barcha so’rovlariga beminnat yordam berishga hamisha tayyor.
Bizning jamoa
Foydalanish qoidalari
Axborot-resurs markazi universitetning barcha talabalari, professor-o‘qituvchilari, ma’muriy va
texnik xodimlariga axborot-kutubxona fondidan ochiq foydalanish imkonini beradi.
Ish tartibi darslar jadvali va universitet rahbariyatining buyrug'iga asosan belgilanadi.
Markaz tomonidan ko'rsatiladigan barcha xizmatlar bepul.
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
- Axborot- resurs markaziga kirish va axborot resurslaridan foydalanish;
- keyinchalik uzaytirish huquqi bilan bir hafta muddatga o‘quv jarayoni davomida va uyda
foydalanishga axborot-kutubxona resurslaridan vaqtincha foydalanish uchun olish;
- o'z ehtiyojlariga ko'ra axborotni erkin tanlash;
- so'ralgan axborot-kutubxona resurslarining mavjudligi to'g'risida ma'lumot olish;
- foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Axborot-resurs markazi foydalanuvchilarining majburiyatlari:
- Axborot- resurs markazi mulkidan ehtiyotkorona foydalanish;
- resursni universitetda yoki uyda vaqtincha foydalanish uchun olishda o'z nomiga ro'yxatdan
o'tkazish;
- Axborot resurs markazida shovqin qilmaslik, mobil telefonlardan foydalanmaslik, musiqa tinglash,
kompyuter o‘yinlarini o‘ynash, kino tomosha qilish va hokazolar;
- Markazga ovqat olib kelmaslik, zalda ovqatlanmaslik;
- Axborot- resurs markazidagi resurslar va boshqa materiallardan ehtiyotlik bilan foydalanish;
- Markaz xodimlari va foydalanuvchilari bilan xushmuomala bo‘lish;
- Axborot resurs markazida orgtexnika vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
- o‘quv zalida kompyuterlar bilan ishlashni Markaz yopilishiga 15 daqiqa qolganida tugatish;
- foydalanuvchi kitob va manbalarni olgach, ularni o‘rganadi va Axborot-resurs markazi xodimlariga
nuqsonlar to‘g‘risida xabar beradi;
- Markaz resurslariga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik (sahifalarni yirtib
tashlash, belgilash, chizma va xaritalar ustiga bo‘yash, kitoblar varaqlaridagi yozuvlar va
boshqalar);
- Axborot-resurs markazi hujjatlari va resurslarini yo‘qotgan yoki tuzatib bo‘lmaydigan shikast
yetkazgan foydalanuvchilar ularni Markaz xodimlari tomonidan e’tirof etilgan bir xil yoki ularga
tenglashtirilgan hujjatlar va materiallar (shu jumladan nusxalari) bilan almashtirishlari
mumkin, agar ularni almashtirish imkoni bo‘lmasa, ular resurs qiymatidan bir necha marta ko’proq
to'lashi kerak. To’lov Axborot-resurs markazi mutaxassislari yoki jalb qilingan mutaxassislar
tomonidan yo'qolgan yoki shikastlangan hujjatning narxidan kelib chiqib, amaldagi me'yoriy
hujjatlarga muvofiq belgilanadi;
- Axborot- resurs markazi faoliyati sifatini pasaytirishga qaratilgan harakatlarni amalga
oshirmaslik;
- Markazning o‘quv zalida ma’muriyatning ruxsatisiz turli tadbirlar va treninglar tashkil etish
taqiqlanadi;
- Markazning o‘quv zalida ma’muriyatning ruxsatisiz turli tadbirlar va treninglar tashkil etish
taqiqlanadi;
Ish vaqti
Dushanba - Juma 9.00 - 21.00
Shanba 9.00 - 18.00
Yakshanba - Yopiq