Development Strategy of New Uzbekistan for 2022-2026

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi


18 noyabr kuni universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining joriy yilning 4-oktyabr №5/18-2/4-10-sonli xatiga asosan nodavlat oliy taʼlim muassasalari pedagog-xodimlari, talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha adliya organlari vakillari bilan hamkorlikda seminar va treninglarni tashkil etish boʻyicha grafik-rejasiga asosan “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlab talabalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan bellashuv tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Kelajak poydevori”, “Yangi Oʻzbekiston”, “Innovatorlar”, “Taraqqiyot yoshlari”, “Semurg” jamoalari bellashdilar.
Bellashuvda “Yangi Oʻzbekiston” jamoasi faxrli birinchi oʻrinni, “Innovatorlar” jamoasi ikkinchi oʻrinni, “Taraqqiyot yoshlari”, “Kelajak poydevori”, “Semurg” jamoalari esa uchinchi oʻrinlarni egalladilar.
Bellashuvda talabalar 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligiga bagʻishlab “Yurt bayrogʻi – ezgulik timsoli” mavzusida sahna koʻrinishini namoyish etdilar.