TO THE ATTENTION OF APPLICANTS WHO APPLIED TO THE BRANCH OF THE YEOJU TECHNICAL INSTITUTE IN SAMARKAND!

2022 YILNING 15 SENTYABR KUNIGA QADAR YEODJU TEXNIKA INSTITUTINING SAMARQAND SHAHRIDAGI FILIALIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!


2022 yilning 15 sentyabr kuniga qadar Yeodju texnika institutining Samarqand shahridagi filialiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

KECHKI va SIRTQI ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 21 sentyabr kunidan 27 sentyabr kuniga qadar suhbat shaklida imtihon bo‘lib o‘tadi.

KUNDUZGI ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 24 sentyabr kuni test shaklida imtihon bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlariga kirish ruxsatnomasini shaxsiy kabinetdan login va parolingizni terib yuklab olishingiz mumkin. (Login — ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingiz. Parol — hujjat topshirayotganda 3700dan kelgan SMS)

Ruxsatnomada imtihon kuni va vaqti ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, imtihon o‘tkaziladigan hudud — Samarqand shahri, Habib Abdullayev ko‘chasi, 63 uy

Bizning institutga: 7, 19, 480, 250, 456, 452 yo‘nalishi avtobus va marshrutlarda boriladi!

Mo‘ljal: SamDAQI bosh binosiga yetmasdan o‘ng tomonda.

Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Ruxsatnomalarni yuklab olish uchun sayt          Samarqand shahri: sam.ytit.uz