None

21 aprel kuni Markaziy koʻrgazmalar zalida xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi


21 aprel kuni Markaziy koʻrgazmalar zalida xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov bunday ijodiy loyihalar milliy tasviriy sanʼatimizda erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish imkonini berganini taʼkidladi.

Bir hafta mobaynida poytaxtimiz koʻrgazma zallarida qiziqarli koʻrgazmalar, ijodiy muloqotlar, davra suhbatlari, ijodiy anjumanlar, mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi boʻlib oʻtdi. Shu bilan birga qiziqarli taqdimotlar, ochiq osmon ostidagi mashgʻulotlar tashkil etildi.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Rangtasvir” yoʻnalishi talabalari oltin, kumush, bronza medallari va ragʻbatlantiruvchi diplomlar bilan taqdirlandi.