Another good news for applicants!

Abituriyentlar uchun yana bir xushxabarni taqdim etamiz!


Agarda siz davlat imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan bo‘lsangiz, endilikda UZBMB (DTM) natijangiz bilan bizning universitetda mavjud VAKANT joylar uchun imtihonsiz qabul qilinishingiz mumkin. 
📌 Qanday qilib deysizmi?
Buning uchun avvalo joriy yilning 24 avgustidan boshlab o‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz (pasport/ID karta) va UZBMB (DTM) tomonidan berilgan qog‘ozingizni universitet qabul bo‘limiga olib kelib ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
Universitetdagi kirish imtihonlari yakunlanib, natijalar e’lon qilinishi bilan sizning UZBMB (DTM) imtihonida to‘plagan natijangizga ko‘ra mavjud vakant joylarga chaqirilishingiz mumkin.
Shuningdek, bugundan onlayn tarzda, Telegram bot orqali ariza qoldirishingiz mumkin: https://t.me/kiut_dtm_bot
📍Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko’chasi, 156-uy.
Mo‘ljal: Toshkent janubiy vokzal