None

Amerikaning George Fox universitetidan kelgan professor-oʻqituvchilar Toshkent Kimyo xalqaro universitetining iqtidorli talabalari bilan uchrashdilar


Amerikaning George Fox universitetidan kelgan professor-oʻqituvchilar Toshkent Kimyo xalqaro universitetining iqtidorli talabalari bilan uchrashdilar

Joriy yilning 14 may kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (TKXU) Amerikaning mashhur taʼlim muassasasi - George Fox universitetidan bir guruh professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar tashrif buyurishdi. Tashrifning asosiy maqsadi ikki universitet oʻrtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Mehmonlarni Toshkent Kimyo xalqaro universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Rod Powel kutib oldi. Delegasiya aʼzolariga George Fox universitetining muhandislik yoʻnalish boʻyicha prorektori, professor Robert Harder va professor Neal Ninteman boshchilik qilmoqda.

Tashrif davomida amerikalik mehmonlar universitetning iqtidorli talabalari va yosh tadqiqotchilari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdilar. Bu uchrashuvlar asosan TKXUning zamonaviy laboratoriyalari va tadqiqot markazlarida boʻlib oʻtdi, talabalar oʻzlarining ilmiy ishlarini namoyish etdilar. Mehmonlar talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan yangiliklar va loyihalar bilan yaqindan tanishdilar va ularning ilmiy salohiyatini yuqori baholadilar.

Ayniqsa, muhandislik sohalarida qilinayotgan izlanishlar amerikalik olimlarda katta qiziqish uygʻotdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsadlardan biri ham shu sohalarda qoʻshma ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyish. Oʻzaro fikr almashinuvlari natijasida, kelajakda ikki universitet oʻrtasida talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi hamda qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish rejalashtirildi.

Bu uchrashuvlar nafaqat ilmiy hamkorlikni, balki madaniy aloqalarni ham mustahkamlashga xizmat qiladi. George Fox universitetidan kelgan mehmonlar Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniyatini kashf etish imkoniyatiga ham ega boʻladilar, bu esa ularning bu yerda oʻtkazgan vaqtini yanada yorqin va esda qolarli qiladi.

Hamkorlik TKXUning xalqaro aloqalarini kengaytirish va global ilmiy hamjamiyatda oʻz oʻrnini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. Kelgusida bu kabi tashriflar ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi deb umid qilinmoqda.