None

“Amir Temur shaxsi zamonaviy tadqiqotlarda”


2024 yilning 8 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Amir Temur shaxsi zamonaviy tadqiqotlarda” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida temurshunos manbashunoslar va arxeolog olimlardan maʼruzalar tinglandi. Jumladan, Amir Temur davlati xalqaro aloqalari, Movarounnahr epigrafik manbalarida Temur va Temuriylar genealogiyasi, Yakkabogʻdagi Barloslar maqbarasi va Amir Temurning kelinlarni tanlash mezonlari kabi mavzularda oʻtkazilgan davra suhbati talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.