• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

“Atrof muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qaratilgan yangi loyihaga start berildi


18–19 fevral kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Erasmus+ dasturining “GREENDT: Barqaror o‘tish va jamiyat o‘zgarishi orqali Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistratura dasturlarini joriy etish” loyihasining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Janobi Oliylari Toivo Klaar, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropadagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdilar. Mehmonlar loyiha ahamiyati, ta’lim va sanoat integratsiyasidagi o‘rni, yosh mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishdagi hissasi haqida fikr bildirdilar.

Qayd etilganidek, GREENDT loyihasi atrof-muhit muhandisligi sohasida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha Portugaliyaning Viana do Castelo Politexnika Instituti (IPVC) tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

GREENDT loyihasining asosiy maqsadi – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘lib, bu jarayonda Yevropa Ittifoqi OTMlaridan tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha Yevropa Komissiyasining Yashil Kelishuv (Green Deal) ustuvor yo‘nalishlariga mos ravishda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.
 

Loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:

•loyiha ishtirokchilari bo‘lgan O‘zbekiston oliygohlarida atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashni tashkil etish;

•12 ta yangi fan ishlab chiqish va o‘quv materiallarini yaratish;

•5 ta yangi laboratoriya tashkil etish (KIUT, JizPI, FerPI, ASTI, CAGU);

•Barcha o‘quvchilar uchun bepul E-learning platformasini ishga tushirish;

•Loyiha faoliyati, uchrashuvlar, treninglar, vebinarlar va muhim tadbirlar haqida ma’lumot beruvchi veb-platforma yaratish;

•Markaziy Osiyoda atrof-muhit muammolarini hal qilish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun E-jamiyat platformasini yaratish;

•Talabalar almashinuv imkoniyatlarini yaratish.


4

4. Sifatli ta'lim
5

5. Gender tezligi
6

6. Toza suv va sanitariya
7

7. Arzon va toza energiya
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram