At the moment, representatives of the European Design University Pescara (Universita Europea Del Design Pescara) of Italy have arrived at Kimyo International University in Tashkent on an official visit

Ayni damda Italiyaning Peskara Yevropa dizayn universiteti (Universita Europea Del Design Pescara) vakillari Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga rasmiy tashrif bilan kelishdi


Delegatsiyaga universitet direktori Maurizio Lepore rahbarlik qilmoqda. Tashrif dasturida “Liboslar dizayni” yoʻnalishida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, taʼlim almashinuvlarini davom ettirish masalalari oʻrin olgan. Shuningdek, Italiyalik mutaxassislar tomonidan professor-oʻqituvchilar va talabalarga master klasslar tashkil etilmoqda. Jumladan, kun tartibida “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan “Eksperimental grafika” fani doirasida III anʼanaviy “Avolare” koʻrgazmasi oʻtkazildi. Bundan tashqari, shu kunlarda talabalar tomonidan yaratilgan liboslar taqdimoti ham boʻlib oʻtadi. Ushbu “Fashion show” doirasida mehmonlar oʻz talabalarining liboslar toʻlplamlarini ham namoyish etadilar. 
Eslatib o'tamiz, 2023-yil 20-yanvar kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda Peskara Yevropa dizayn universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Toshkent xalqaro Kimyo universitetida ushbu yoʻnalishni rivojlantirish uchun Peskara Yevropa dizayn universiteti asosiy maktab boʻlib xizmat qilishi rejalashtirilgan. Universitet moda va dizayn boʻyicha taʼlimga ixtisoslashgan hamda xodimlari va oʻqituvchilari Gucci, Prada, Roberto Cavalli, Fendi va boshqa shu kabi dunyoga mashhur kompaniyalarda dizayner sifatida ham faoliyat yuritishadi. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Peskara Yevropa dizayn universiteti bilan hamkorlikda taʼlim sohasida yangi loyihalar ustida ish boshladi.