• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
    • Kelajakka qadam
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Xalqaro qabul
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
    • Koʻp beriladigan savollar
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

AZIZ USTOZLAR, QADRLI PROFESSOR-O‘QITUVChILAR!


Sizlarni 1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Insoniyat tarixida shunday ulug‘ kasblar borki, ularning qadri vaqt o‘tishi bilan kamaymaydi, aksincha, avlodlar almashgan sari yanada yuksalib boradi. Ustozlik — ana shunday sharafli va mas’uliyatli kasb!
Zero, insoniyat erishgan har bir buyuk kashfiyot, ilm-fan va tafakkurdagi har bir yuksalish, jamiyat taraqqiyotidagi har bir muhim qadam ortida ustozning bilimi, mehnati, sabri va ma’naviy jasorati mujassam. Tarixni buyuk shaxslar yaratgan bo‘lsa, ularning tafakkuri va dunyoqarashi shakllanishida ustozlarning beqiyos hissasi bor, albatta.
Ustoz — faqat bilim beruvchi emas, balki insonni tarbiyalaydigan, uning qalbida maqsad va ishonch uyg‘otadigan, tafakkurini shakllantiradigan va kelajak sari yo‘l ko‘rsatadigan ma’naviy rahnamodir. Shu bois ustozning jamiyatdagi obro‘-e’tibori uning lavozimi bilan emas, balki tarbiyalagan avlodlari, qoldirgan ilmiy va ma’naviy merosi, insonlar taqdiriga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri bilan o‘lchanadi.
Bugun dunyo misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarmoqda. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yangi ilmiy kashfiyotlar va global raqobat ta’lim oldiga mutlaqo yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ammo texnologiyalar qanchalik rivojlanmasin, insonni inson qilib tarbiyalash, unga mustaqil fikrlashni, izlanishni, mas’uliyatni va ezgulikni o‘rgatishdek buyuk vazifada ustozning o‘rnini hech qanday texnologiya bosa olmaydi.
Shu ma’noda, ustozlar — nafaqat bugungi kun ta’lim beruvchilari, balki ertangi kun me’morlaridir. Chunki kelajak bugun auditoriyalarda, laboratoriyalarda, ilmiy izlanishlarda va ustoz bilan talaba o‘rtasidagi samimiy ilmiy-ma’rifiy muloqotda yaratiladi.
Qadrli hamkasblar!
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining bugungi taraqqiyoti, xalqaro maydondagi nufuzi, ta’lim va ilm-fanda erishayotgan natijalari zamirida, avvalo, Sizlarning fidokorona mehnatingiz bor.
Har bir o‘qilgan ma’ruza, har bir o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot, har bir ilmiy maqola va tadqiqot, talabaga berilgan har bir maslahat hamda uning kelajagiga bildirilgan har bir ishonch — universitetimizning umumiy taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.
Universitetimizni zamonaviy, tadqiqotga asoslangan, xalqaro raqobatbardosh va yuksak akademik madaniyatga ega oliy ta’lim muassasasi sifatida rivojlantirish yo‘lidagi eng katta kuchimiz ham — bilimli, tashabbuskor, fidoyi va o‘z kasbiga sadoqatli professor-o‘qituvchilarimizdir.
Biz universitet kelajagini yangi binolar yoki zamonaviy texnologiyalarning o‘zi bilangina emas, eng avvalo, kuchli ustozlar, kuchli ilmiy maktablar va kuchli akademik muhit bilan barpo etamiz.
Shu bois Sizlarning har biringizning mehnatingiz, ilmiy va pedagogik faoliyatingiz, yosh avlodga berayotgan bilim va tarbiyangiz universitetimiz uchun beqiyos qadrga ega.
Aziz ustozlar!
Sizlar tarbiyalayotgan bugungi talabalar — ertangi olim, shifokor, muhandis, iqtisodchi, pedagog, tadbirkor va jamiyat yetakchisidir. Demak, Sizlar bir insonga bilim berish bilan cheklanmay, butun jamiyatning intellektual salohiyatini va mamlakatning kelajagini shakllantirmoqdasiz.
Sharafli kasbingizga sadoqatingiz, ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz va universitetimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-xotirjamlik, ilmiy va ijodiy barkamollik, yangi g‘oya va kashfiyotlar, shogirdlaringiz kamolidan faxrlanib yashash saodatini tilayman.
Ilmingiz ziyosi so‘nmasin, ustozlik maqomingiz hamisha ulug‘ bo‘lsin, tarbiyalagan shogirdlaringiz esa Sizning eng buyuk va eng munosib merosingiz bo‘lib qolsin!

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Akmal Allakuliyev
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori


4

4. Sifatli ta'lim
16

16. Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram