None

“Bahor malikasi”


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Maktabgacha taʼlim”, Boshlangʻich taʼlim” va “Maxsus pedagogika” taʼlim yoʻnalishlari jamoasi Havaskor talabalar teatr studiyasi hamkorligida 8 mart -xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan talaba-qizlar oʻrtasida “Bahor malikasi” koʻrik-tanlovi tashkil qilindi. Hamda Oʻzbekiston Xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligiga bagʻishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” sheʼriyat tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida “Koʻklam musavviri” tanlovi ham tashkil qilinib, unda talablar rasm chizish boʻyicha bellashishdi.