None

Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


P.P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv doirasida tomonlar ijodiy koʻrgazma va uchrashuvlar, mahorat darslarini oʻtkazish, “Rangtasvir” yoʻnalishi talabalarning amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi. Iqtidorli abituriyentlar uchun grantlar ajratiladi.