“Bir asrning ikki dahosi”

“Bir asrning ikki dahosi”


2023 yilning 15 fevralida “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” nomli tanlov-tadbir tashkil qilindi. 

Tadbir dasturidan “Gʻazalxonlik”, “Sahna koʻrinishi”, “Navoiy va Bobur asarlariga illyustratsiya chizish”, “Esse yozish”, “Navoiy va Bobur asarlarining zamonaviy talqini” mavzulari oʻrin egalladi. Tadbirni ToshDOʻTAU “Folklorshunoslik va dialektologiya” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Abdumurod Tilavov oʻzining sermazmun nutqi bilan ochib berdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan yod olingan gʻazallar tinglandi. TRS 74 guruh talabasi Rustamova Shaxrizodaning Bobur qalamiga mansub “Keltursa yuz baloni oʻshal bevafo manga…” misralari bilan boshlanuvchi gʻazalini kuyladi. Unga Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Musiqa madaniyati” fakulteti “Ijrochilik mahorati va madaniyati” kafedrasi oʻqituvchisi I.A.Roʻzimurodov oʻz guruhi bilan sozandalik qildi. Shuningdek, TRS 71 guruh talabalari tomonidan “Navoiy va Guli” sahnasi ijro etildi, PRIE 51 guruh talabalari tomonidan “Farhod va Shirin” ning zamonaviy talqini ijro etildi. Tadbirni “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim” yoʻnalish rahbari Abror Muhammadiyev yakunlab, mehmonlarga esdalik sovgʻalarni ulashdi.