BLANK2Y IN KIUT

BLAN2Y guruhi KIUTda!


Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 30 yilligiga bagʻishlab Toshkentda ilk marta K-pop guruhlaridan biri boʻlgan BLANK2Y konsert dasturi bilan chiqish qiladi. Konsert joriy yilning 4-5 noyabr kunlari, Anhor Lokomotiv parkida boʻlib oʻtadi. 

K-pop – Janubiy Koreyada paydo boʻlgan musiqiy janr boʻlib, u oʻzida elektropop, xip-xop, raqsbop musiqa elementlarini birlashtirgan. Hozirda K-pop muxlislari dunyo boʻylab koʻpayib bormoqda. Muxlislar qiziqishi ularni koreys tilini oʻrganishga, Koreya madaniyati bilan yaqindan tanishishga undaydi. BLANK2Y guruh rahbarining taklifiga koʻra Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bilan oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga koʻra guruhning konsert dasturlarida KIUT oʻzining reklama targʻibotini amalga oshirish huquqiga ega. Shuningdek, iqtidorli va universitet hayotida faol boʻlgan talablarga biletlar ham tarqatildi.