Varna University of Management of the Republic of Bulgaria

Bolgariya Respublikasining Varna menejment universiteti


Joriy yilning 29 sentyabridan 6 oktyabriga qadar Bolgariya Respublikasining Varna menejment universiteti prezidenti va rektori professor Todor Radev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor doktor Kristina Armutlieva va Varna menejment universiteti ijrochi direktori Klara Dmitrova institutimizga tashrifi buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad - ikki va uch tomonlama diplom xalqaro bakalavr dasturlariga start berish.

30 sentyabr kuni institutning A108 auditoriyasida institut prorektorlari, talabalar va Varna menejment universiteti delegasiyasi, Bolgariya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Stoyana Rusinova ishtirokida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xalqaro uchrashuv doirasida Varna menejment universiteti va Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti o‘rtasida ikki tomonlama diplom berish ta'lim dasturi hamda Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropoliten universiteti diplomini olish imkoniyatini beradigan xalqaro kelishuv imzolandi.

4 oktyabr kuni A108 auditoriyada Varna menejment universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Kristina Armutlieva institut talabalariga Yevropa Ittifoqining Erasmus plyus o‘quv dasturlari, Varna menejment universiteti va Kardiff metropoliten universiteti o‘rtasida amalga oshirilayotgan ikki va uch tomonlama diplom dasturi bo‘yicha davra suhbati va taqdimot o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda