Using innovative methods in teaching natural sciences in primary school

Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni oʻrgatishda innovatsion usullardan foydalanish


Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabalariga qanday metodikalar asosida amaliy darslar oʻtishmoqda va kelajakda ular farzandlaringizni aniq fanlarga qiziqishini uygʻota oladimi? 

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri M.M. Rustamova 3-kurs talabalari uchun “Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni oʻrgatishda innovatsion usullardan foydalanish” mavzusiga bagʻishlab mahorat darsi tashkil qildi. Mahorat darsini Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 280-son maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchilari T.V. Axmadullina va M.A.Kim olib bordilar. Darslar davomida oʻqituvchilar fan darslarida innovatsion usullardan foydalanish metodikasini koʻrsatib berishdi.