Today, the first Central Asian Forum "Association of MBAs and Business Graduates Association Global" began its work in Kazakhstan.

Bugun Qozogʻistonda “Association of MBAs and Business Graduates Association Global” birinchi Markaziy Osiyo forumi oʻz ishini boshladi.


Forumda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rektori Janpolat Kudaybergenov ishtirok etmoqda. Rektor oʻz maʼruzasida universitet maqsadi va mintaqada rivojlanish strategiyasi boʻyicha taqdimot qildi.
Forumga, menejment taʼlimi sanoatining kelajagi haqida oʻz fikrlarini bildirish uchun mintaqadagi va xalqaro darajadagi biznes maktablarining maʼruzachilari, shuningdek, taʼlim vazirliklari mutasaddilari taklif etilgan.
Maʼlumot oʻrnida: Markaziy Osiyo forumi biznes maktablarining rahbarlari uchun xalqaro ilgʻor tajriba va ishlanmalar bilan tanishishga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, AMBA & BGA ning uzluksiz taʼsir modeli (CIM) va akkreditatsiyadan manfaatdor hamkorlar uchun maʼlumotlar taqdim etadi.