What new knowledge did the students of the Beauty Aesthetics faculty get over the weekend?

“Chiroy estetikasi” yoʻnalishi talabalari dam olish kunlari qanday yangi bilimlarga ega boʻlishdi?


“Chiroy estetikasi” yoʻnalishi boʻyicha boʻlajak mutaxassislar uchun advanced darajadagi seminar tashkil etildi. Seminar 2 qismdan iborat boʻlib, nazariy qismda maʼruzachi Elia Grazia Akademiyasi ilmiy rahbari, dermatovenerolog Chesnokova Lyudmila Ivanovna (Rossiya, Moskva), kimyoviy pilling protsedurasining hozirgi tendensiyalarini ochib berdi.
Seminarning amaliy qismida boʻlajak kosmetologlarga mezopreparatlar va biorevitalizantlar yordamida terining koʻp bosqichli biorestavratsiyasi koʻrsatildi.
Tadbir goʻzallik sanoati sohasida boʻlajak mutaxassislarni tayyorlash darajasini oshirishga qaratilgan.