Another practical seminar with an invited specialist for students of the “Beauty Aesthetics” direction.

“Chiroy estetikasi” yoʻnalishi talabalari yana bir amaliy seminarda.


18-noyabr kuni “Chiroy estetikasi” yoʻnalishi talabalari uchun mashhur mavzulardan biri: akne, aknedan keyingi muammolar boʻyicha amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Taklif etilgan mutaxassis Alfiya Ravilevna 20 yillik tajribaga ega dermatolog, tibbiy kosmetolog boʻlib, u seminarda akneni davolash, va oldini olishning eng innovatsion usullarini aytib berdi va namoyish etdi. Seminar davomida talabalar aknedan keyingi zamonaviy davolash protokollari va kimyoviy pilingning turli kombinatsiyalari bilan tanishtirildi. Amaliy seminar 5 soat davom etgan boʻlishiga qaramay talabalar katta qiziqish bilan darslarda ishtirok etib, sohaga oid bilimlarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.