CHUSEOK

CHXUSOK


17 sentyabr kuni O‘zbekiston koreys diasporasi barcha Toshkent aholisi va uning mehmonlari uchun katta bayram – Chxusok koreys madaniyati festivalini tashkil qildi. Festival doirasida Koreya madaniyati, milliy taomlari, mahorat darslari va go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, go‘zallik tanlovining 1, 2, va 3 o‘rin egallari Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti talaba qizlari. 1 - o‘rin, «Boshlang‘ich ta'lim» yo‘nalishi talabasi Soy Kseniya, 2-o‘rin, «Liboslar dizayni» yo‘nalishi talabasi Mukayeva Linara, 3-o‘rin, «Biznesni boshqarish yo‘nalishi» talabasi Yusupova Dinara.

Tanlov g‘oliblariga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan birga Turkiya davlatiga sayohat, Samsung kompaniyasining Smart phone va Smart Watch lari topshirildi. Yeodju institutining nomini go‘zallik orqali tarannum qilgan talaba qizlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

O‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.