Medicine

Davolash ishi


Tibbiy oliy ta’lim tizimida interfaol texnologiyalar vositasida talabalardagi ijodiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida universitetimizning «Davolash ishi» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘ziga xos imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, amaliy mashg‘ulotlar davomida interfaol usullar yordamida ularni fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, mustaqil ta’lim jarayonini faollashtirish uchun professor - o‘qituvchilar tomonidan qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tilmoqda. Talabalar kichik guruhlarda ishlash, taqdimot qilish ko‘nikmalarini shakllantirmoqdalar.