None

Diplom Oʻzbekistonda tan olinadimi?


1. Diplom Oʻzbekistonda tan olinadimi?

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi nomi — Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2019 dagi №1007-son qarori va tegishli litsenziyalarga asosan oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini olib boradi. Universitet tomonidan berilgan diplom Oʻzbekiston hududida toʻlaqonli tan olinadi.

Shuningdek, 2022 yil Oʻzbekistonning nodavlat oliy oʻquv yurtlari orasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti birinchilardan boʻlib KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega boʻldi.
2. Roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun toʻlov qilinadimi?
Roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun hech qanday toʻlov qilinmaydi.
3. Shartnoma toʻlovini boʻlib toʻlash imkoni bormi?
Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtilgandan soʻng shartnoma toʻlovining 50% qismini avval toʻlash zarur boʻladi, qolgan qismini esa birinchi yarim yillik yakunigacha toʻlov qilish imkoni mavjud.
4. Qaysi xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik mavjud?
Janubiy Koreyaning Hanyang University, Chung Cheong University, Gachon University, Chosun University, Jeonju University, Namseoul University, Belgiyaning United Business Institutes, Bolgariyaning Varna Management University, Turkiyaning Yildiz Technical University va Buyuk Britaniyaning University of Strathclyde bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
5. Taʼlim granti mavjudmi?
Xar yangi oʻquv yili boshida universitetda tahsil olayotgan (ikkinchi kursdan) iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun taʼsischilar tomonidan taʼlim granti ajratiladi.
6. Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2024/2025 oʻquv yilidan yangi taʼlim yoʻnalishlari qoʻshildimi?

Ha, bular:
1. Psixologiya
2. Rus tili
3. Oʻzbek tili va adabiyoti
4. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (turk tili)
5. Amaliy matematika
6. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji
7. Dizayn (interyer dizayni)
8. Pediatriya
9. Oliy hamshiralik ishi

www.kiut.uz
Telegram
(@kiut_official)
Instagram (@
kiut.uz_rasmiy)
Facebook (fb.com/
kiut.uz)

 

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 156 – uy, 100121.

Maʼlumot uchun telefon: +998 78 1294040 (ichki raqam 1).