About hormones of happiness with Dr. Dilobar

Doktor Dilobar bilan baxt gormonlari haqida


Kuni kecha universitetimizda endokrinolog doktor Dilobar va qizlar bilan boʻlib oʻtgan suhbatimizda mavzu baxt garmonlari haqida boʻldi. Ular toʻrtta boʻlib, har biri bevosita yoki biron-bir tarzda bizning ijobiy munosabatimiz uchun masʼuldir, lekin ayni paytda ularning oʻziga xos xususiyatlari ham bor.
Ushbu gormonlar qatoriga dofamin, serotonin, oksitotsin, endorfinlar kirar ekan.
Tanadagi baxt gormonlarini oshirish yoʻllari odatda sogʻlom turmush tarzi bilan bogʻliq ekan. Jismoniy faol odamlarda baxt gormonlari darajasi har doim yuqori boʻladi. Buni oʻzingiz ham bilasiz – sport mashgʻulotlaridan soʻng doim mamnunlik hissi paydo boʻladi.
Xullas, hayotga ochiq chehra, ijobiy nigoh bilan boqish, insonlarni sevish, ularga mehr ulashish, boshqalarning yutuqlariga havas bilan qarash orqaligina haqiqiy baxtni his qilar ekanmiz.