Exam for doctoral students and independent researchers took place

Doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi malakaviy imtihon boʻlib oʻtdi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihon komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 
2023 yil 31 may kuni yuqoridagi ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislik fanidan doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi malakaviy imtihon boʻlib oʻtdi.