a correctional event on the topic “The world through the eyes of children diagnosed with autism”

«Dunyo autizm tashxisli bolalar nigohida» mavzusida korreksion tadbir o‘tkazildi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining «Boshlang‘ich ta’lim» va «Maxsus pedagogika» yo‘nalishi talabalariga autizm tashxisli bolalar haqidagi nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida «Nurafshon» bolalar o‘quv markazi tomonidan «Dunyo autizm tashxisli bolalar nigohida» mavzusida korreksion tadbir o‘tkazildi. Tadbirda avvalo prezentasiya bilan ushbu toifdagi bolalar haqida to‘liq ma’ruza o‘tildi, ma’ruzani yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun autizm tashxisli bolalar taklif etilib, ular bilan korreksion mashg‘ulotlar ko‘rsatilib berildi. 
Korreksion tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Talabalar autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar haqidagi bilimlarini kengaytirdilar.