Germaniyaning Kempten amaliy fanlar universiteti talabalari Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurib, muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha bir kunlik ochiq darsda ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida talabalar muhandislikka oid amaliy yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif xalqaro talabalar o‘rtasida tajriba almashish va akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.