GREENDT loyihasi doirasida UzAuto MOTORS AJda seminar-trening o‘tkazildi
2026-yil 22-aprel kuni ERASMUS+ GREENDT loyihasi doirasida UzAuto MOTORS AJda “Yevropa ekologik siyosati, iqlim harakati va barqaror muhandislik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Trening davomida ekologik qonunchilik, havo sifati monitoringi, barqaror muhandislik, energiya samaradorligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi muhim yo‘nalishlar yoritildi.
Tadbirda korxona xodimlari va mutaxassislari ishtirok etib, ekologik xavfsizlik va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldilar. Ushbu seminar akademiya va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surishga xizmat qildi.