None

8 mart Хalqaro xotin-qizlar bayrami


Har yili 8 mart kuni dunyo boʻylab Хalqaro xotin-qizlar bayrami nishonlanadi. Bu kuni ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotdagi oʻrni va erishgan yutuqlari qadrlanadi. Kuni kecha universitetning Rus tili kafedrasi va Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi tomonidan ushbu muhim kun munosabati bilan maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi ayollarning jamiyatdagi oʻrni va ularning turli sohalardagi muvaffaqiyatlarini nishonlash, shuningdek, gender tenglik masalalariga diqqat qaratish edi.

Tadbir dasturi juda rang-barang boʻlib, turli xil madaniy chiqishlar va video tabriklarni oʻz ichiga oldi. Tadbirda universitetimizning professor-oʻqituvchilari, faol ayollar va talabalar ishtirok etdilar. Tadbirning ochilish qismida universitetning rektori v.b Karimjon Axmedjanov soʻzga chiqib, bayram bilan tabrikladi va ayollarning jamiyatdagi rolini yuksak baholadi. Tadbirning asosiy qismida turli yoʻnalishlarda oʻqiydigan talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, AQShdan kelgan talabalar ham faol chiqishlar qilishdi. Ular orasida raqs, musiqa, sheʼr oʻqish, drama koʻrinishlar kabi turli janrlar mavjud edi. Har bir chiqish oʻzining betakrorligi, ijodiy yondashuvi va hayajonli ijrosi bilan ajralib turdi.

Xulosa qilib aytganda, Хalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu tadbir, nafaqat bayramning tantanali nishonlanishini taʼminladi, balki talabalar oʻrtasida muhim ijtimoiy masalalarga nisbatan tushunchani kengaytirdi. Bu tadbir, shubhasiz, ishtirokchilarning xotira va qalbida uzoq vaqt saqlanib qoladi.