None

Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Buyuk ajdodlar – mangu barhayot…” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi


2024 yil 15 fevral kuni soat 12:00 da “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi 2-kurs talabalari ishtirokida oʻzbek xalqining ikki buyuk mutafakkiri - Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Buyuk ajdodlar – mangu barhayot…” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Talabalar ikki buyuk ajdodimizni xotirlab, ularning ruboiy, gʻazallaridan namunalar keltirishdi va qoʻshiq qilib kuylashdi. Sahna koʻrinishlarida ajdodlarimiz asarlaridan lavhalar namoyish etib, barchaga koʻtarinki ruh baxsh etishdi. 

Tadbirda “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi oʻqituvchilari hamda 2-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi.