ВНИМАНИЮ ТАЛАНТЛИВЫХ СТУДЕНТОВ 2-3-4 КУРСОВ

HURMATLI 2 - 3 - 4 KURSNING IQTIDORLI TALABALARI DIQQATIGA


Institutning ta'lim grantiga hujjatlar qabuli boshlandi.

Nomzodlar quyidagi talablarni bajarishlari va ularga mos kelishlari kerak:

Motivatsion xat;

O‘quv yili davomida barcha fanlar bo‘yicha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishi/yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lishi;

O‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan faqat «a'lo» baho bo‘lishi;

Belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarida doimiy ravishda faol ishtirok etgan holda kamida 2 nafar professor - o‘qituvchining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi;

Mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosida ilmiy - amaliy konferensiyalar hamda turli darajadagi tanlovlarda faol qatnashishi va 1-2-3 o‘rinlarni qo‘lga kiritishi;

Institut ijtimoiy hayotida bo‘lib o‘tadigan turli tadbirlarda faol ishtirok etishi;

Davlat tili bilan bir qatorda, kamida bitta xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi (koreys tili – TOPIK – 4, yoki ingliz tili – IELTS – 6.0);

Nomzodning shaxsiy xususiyatlari, odobi hamda boshqa afzalliklariga baho beriladi;

3- va 4-bosqich talabalarining ta'lim granti nomzodligida o‘quv yili davomida chop etilgan mahalliy va xorijiy jurnallardagi ilmiy maqolalarga ega bo‘lishiga alohida e'tibor beriladi (shuningdek, qo‘lyozma Scimago tizimida indekslangan jurnalida chop etilsa ustuvorlik beriladi).

Hujjatlar joriy yilning 3 oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Talab qilingan hujjatlarni yo‘nalishingiz rahbariga topshirishingiz so‘raladi.

Shuningdek, qo‘shimcha ravishda institutda tahsil olayotgan 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan hamda to‘liq davlat ta'minotidagi yetim bolalar yoki ota - ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga ta'lim grantini berishda quyidagi mezonlarga alohida e'tibor qaratiladi:

Motivatsion xat;
Avvalgi o‘quv yili yoki semestr yakuni bo‘yicha fanlardan qarzdorligi bo‘lmasligi hamda kamida «yaxshi» darajadagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
Belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarida doimiy ravishda faol ishtirok etgan holda kamida 2 nafar professor - o‘qituvchining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi;
Respublikada belgilangan talablar doirasida 1 - va 2 - guruh nogironligi bo‘lgan hamda to‘liq davlat ta'minotidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjatning asli.

Hujjatlar joriy yilning 3 oktyabr kuniga qadar yo‘nalish rahbarlariga topshirilishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, institutning ta'lim granti g‘oliblari har yili 2-3-4 kurs talabalari orasidan munosib deb topilgan nomzodlardan saralab olinadi.