HURMATLI AKMAL BALTAYEVICH!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jamoasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
Universitetimizning bugungi yutuqlari, xalqaro maydondagi o‘rni va tobora kengayib borayotgan imkoniyatlari zamirida Sizning rahbar sifatidagi mehnatingiz, uzoqni ko‘zlagan qarorlaringiz va ta’lim rivojiga bo‘lgan e’tiboringiz mujassam.
Sizning rahbarligingizda universitetimiz nafaqat rivojlanib bormoqda, balki yangi g‘oyalar, tashabbuslar va katta maqsadlar birlashgan maskanga aylanmoqda. Eng muhimi, bu jarayonda har birimiz o‘z mehnatimiz, fikrimiz va tashabbusimiz bilan umumiy yutuqlarga hissa qo‘shish imkoniyatiga egamiz.
Sizga, avvalo, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va uzoq umr tilaymiz. Boshlagan ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin, oldingizga qo‘ygan barcha maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin. Har bir yangi kun Sizga quvonch, kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar olib kelsin.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Akmal Baltayevich!
Hurmat va ezgu tilaklar bilan,
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jamoasi