None

Hurmatli universitetning magistratura birinchi kurs va bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari!


Hurmatli universitetning magistratura birinchi kurs va bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari!

Magistraturangizni AQShning nufuzli universitetida davom ettirmoqchimisiz, unda AQShning Illinois shtati, Chikago shahrida joylashgan Ruzvelt universitetiga hujjatlaringizni 1+1 MBA Biznesni boshqarish taʼlim yoʻnalishi boʻyicha topshiring.

Dasturga hujjat topshirishning asosiy shartlari:

1. Ingliz tilini bilish darajangiz: V2 (IELTS-6.5, TOEFL – 84, Dual Lingo – 115)
2. Taʼlim olish kontrakt summasi: 20 000 AQSh dollari
3. Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan xarajatlar: 3 000 AQSh dollari (Application fee, documentation fee, Apostil, Transfer and consulting)
4. Hujjatlarni topshirish uchun: Resume/CV, Letter of recommendation, Writing sample, Unofficial GEMS transcripts with semester grades

Maʼlumot uchun universitetning:
A205 xonasiga Xalqaro hamkorlik boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin. Sarvar Raxmatillaev
Namangan filiali: Abduvoris Tursunov
Samarqand filiali: Amir Ahroriy