Enlightenment against ignorance...

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan...


"Jaholatga qarshi ma'rifat" bilan nomli tadbirda Toshkent Kimyo xalqaro Universiteti talaba-yoshlari qatnashdi.
Oʻtmishdan maʼlumki, har bir inson qalbida oʻz yurtiga sadoqat, fidoiy boʻlish tuygʻusi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Zero, inson uchun eng aziz va muqaddas boʻlgan Vatanni himoya etish, uni sevish va eʼzozlash har bir insondan buyuk maʼnaviy jasoratni talab etadi. Inson maʼnaviyatga qarshi qaratilgan jaholat gʻaflatga, loqaydlik esa beparvolikka giriftor etadi. Natijada, mazkur holat insonni vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik tuygʻusini yoʻqotish orqali uni maʼnaviyatini soʻndirishga zamin yaratadi. Mazkur holat, oʻz navbatida har qanday millat, xalqni oʻz taqdiriga raxna soluvchi tahdidlarga nisbatan muntazam ogoh, sezgir va hushyor boʻlishga hamda ularga qarshi maʼrifat va maʼnaviyat bilan javob berish borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Barchamizga yaxshi maʼlumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan oʻzgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj olmoqda.Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda maʼnaviyat va maʼrifatga eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.