A GRANT OF 100 MILLION WAS AWARDED TO USE THE INTERACTIVE VIDEO STUDIO JALINGA

JALINGA INTERAKTIV VIDEO STUDIYASIDAN FOYDALANISH UCHUN 100 MILLIONLIK GRANT AJRATILDI


Kuni kecha, Jalinga interaktiv video studiyasiga taklif etildik. Loyiha menejerlari Jalinga dasturi va studiya imkoniyatlari bilan bizni batafsil tanishtirib o‘tishdi. Ta'kidlash lozim, zamonaviy dunyoda bir sahifali matnni o‘qishdan ko‘ra, bir daqiqalik videoni tomosha qilish ancha oson va tushunarli. Eng asosiysi, Jalinga studiyalari o‘qituvchiga tashqi yordamsiz yuqori sifatli interaktiv o‘quv videolarni yarata olish imkonini berar ekan. Ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda bu kabi dasturlardan foydalanish katta natija berishi aniq. Shuningdek, sifatli video matnlar orqali o‘quvchida mustaqil ta'limga bo‘lgan qiziqishni ham rivojlantirish mumkin. Uchrashuv so‘ngida Jalinga interaktiv video studiyasidan foydalanish uchun 100 million so‘mlik grant ajratildi. Tez kunlarda ustozlarimiz bilan hamkorlikda  video studiyada demo darslarni yozib olib, obunachilarimizga foydali kontent ulashishga niyat qildik. Jalinga loyihasi asoschilari va jamoasiga ajratilgan grant uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.